Psihologiya faniga hissa ko`shgan olimlar Psihologiya


Senzitivlik, ya`ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo`lgan nihoyatda kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish


Download 136.43 Kb.
bet14/15
Sana02.06.2024
Hajmi136.43 Kb.
#1835657
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Psixologiya 1 (восстановлен) 22

1. Senzitivlik, ya`ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo`lgan nihoyatda kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish.
2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta`sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga odam qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab xulosa chiqarish - hissiylik va ta`sirlanuvchanlik.
3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta`sir etishi va maqsadlarini amalga oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan engishidir.
4. Reaktivlik va faollikning o`zaro munosabati - bu hakda biz odamning faoliyati ko`p jihatdan nimaga bog`liqligiga qarab, ya`ni tasodifiy tarzdagi tashqi yoki ichki sharoitlariga (kayfiyat va boshqa) yoki maqsadlarga intilish va niyatlarga bog`liqligiga qarab xulosa chiqarish.
5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning o`tish tezligiga, ya`ni harakat tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka, aql tezligiga qarab xulosa chiqaramiz.
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo`lgan rigidlik (qotib qolganlik). O`zgaruvchan tashqi sharoitlarga qanday engillik bilan yoki sust va qoloqlik bilan moslasha olish.
7. Ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik .
Sangvinik - yuksak reaktivlik. Bo`lar - bo`lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo`lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo`r qo`zg`alish bilan javob beradi. Imo - ishoralari va harakatlari yaqqol ko`rinib turadi. Uning aft - basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo`lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to`playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug`lik qo`zg`ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g`ayratli va ishchan, darslarda tez - tez qo`l ko`tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g`ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o`z hissiyotlarining namoyon bo`lishini va o`zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to`playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o`zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o`rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko`cha oladi. Malakalarni tez o`zlashtiradi va tez qayta o`zgartiradi. Aqli ixcham. ekstrovertirovanlik xususiyatiga ega. O`tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda ko`proq tashqi taassurotlarga javob beradi.
Xolerik - xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o`zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko`proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo`r qat`iylik bor, diqqatini kuchirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi.

Download 136.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling