Psihologiya faniga hissa ko`shgan olimlar Psihologiya


Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo


Download 136.43 Kb.
bet15/15
Sana02.06.2024
Hajmi136.43 Kb.
#1835657
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Psixologiya 1 (восстановлен) 22

Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo`zg`aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Hamma bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko`ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo - ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. g`ayrati, ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o`zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to`playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko`chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvertirovanlashgan. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo`shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanholik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko`ra, ko`zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig`laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O`ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug`iladigan bo`lsa, qo`lini yuvib qo`ltigiga urib qo`ya qoladi. g`ayratsiz, qat`iy emas. Diqqati tez chalg`iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik xususiyatiga ega.
Download 136.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling