Stress (ing . stress — bosim, kuchlanish, tanglik) - odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati. Organizmda har xil taʼsirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. "S." terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936).
Affekt (lot. aftectus – ruhiy hayajon, ehtiros) – turli tashqi yoki ichki ta’sirlar asosida tez paydo bo‘lib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda "port-lash" tarzida bo‘ladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qo‘rqinch, dahshat, g‘azab va boshqalar). A. tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi.
2.Raxbarni odobiga tavsif bering
Rahbar odobi yuksak ma’naviy, madaniy, axloqiy me’yor. Malumki, rahbarlik umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Rahbarlarga xos odobning yana bir ma’naviy-ma’rifiy xususiyati - va’daga vafo qilish va uni so’zsiz bajarishdir.
Yuqorida aytilganlar rahbarlik faoliyatini bir tomonini tashkil qiladi. Ikkinchi tomonini rahbarlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi kishining eng yuksak insoniy fazilatlari bilan bog’liqdir. Rahbar halol, pok, vijdonli, qattiqqo’l, diyonatli, mehr-shafqatli bo’lishi kerak. Rahbarlikka egri yo’l, egri maqsad bilan erishib bo’lmaydi. Fe’l- atvorida egrilik bor kishi rahbarlik faoliyatida uzoqqa bormaydi.
3. Didaktikaning predmeti va obyekti nimadan iborat?.
Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan..
hozirgi davrda didaktika o`qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |