Psixalogiya fannidan javoblar
Umumiy didaktikaning predmeti
Download 1.35 Mb.
|
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR
Umumiy didaktikaning predmeti dars o`tish (o`qituvchi faoliyati) va bilim olish (o`quvchining o`rganish faoliyati)ning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo`ycha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqchlarida u yoki bu fanlarni o`rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o`qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo`ycha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo`lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog`liq. Ko`pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko`rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Darhaqiqat, o`qish, o`rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o`rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o`quvchi va o`qituvchi) o`rtasidagi munosabatlar yetakchi o`rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muxitini o‘z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling