Psixika taraqqiyoti


Download 1.47 Mb.
bet3/10
Sana26.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1128844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Avvalgi nasllarning tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keyingi nasllga o’tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib borgan til o’z navbatida kishilaming ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta'sir etdi. Yozuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o’zaro aloqasi va bir-biriga ta'siri mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo’lib qoldi. Kishilar bir-birlari bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi kishilar bilan va ilgari o’tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog’lash yo’li bilan ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo’lib qoladi.

  • Avvalgi nasllarning tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keyingi nasllga o’tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib borgan til o’z navbatida kishilaming ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta'sir etdi. Yozuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o’zaro aloqasi va bir-biriga ta'siri mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo’lib qoldi. Kishilar bir-birlari bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi kishilar bilan va ilgari o’tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog’lash yo’li bilan ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo’lib qoladi.

Til kishining butun ongli faoliyati bilan chambarchas bog’langandir. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, til mehnat bilan bir qatorda inson jamiyati va ongini taraqqiy ettiradigan ikkinchi asosiy faktordir. Mehnat jarayoni va ijtimoiy munosabatlarning tarkib topish jarayonida tafakkur va til bilan birga, odam irodasi ham paydo bo’ldi hamda tarixan o’sib bordi. Odam, ish ko’rishdan oldin o’z harakatlarini tasavur qiladi, shu harakatlarni oldin o’ylab ko’radi, qo’yilgan maqsadga yetish uchun anglab-bilib g’ayrat ko’rsatadi, ro’y bergan qiyinchiliklarni yengib o’tadigan bo’lib qoladi. Iroda bilan bo’ladigan harakatlar - ongli harakatlar shakllanadi
Malumki, har bir odamning ongi tug’ilish paytidan boshlab, butun umr bo’yi o’sib boradi. Odam ongining yoshga qarab o’zgarish sababi nimada, degan savol tugilishi tabiiy. Turmushdagi kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va pedagoglarning ko’ pgina ilmiy tadqiqotlari bu savolga quyidagicha javob qaytarishimizga asos beradi: har bir kishi, ongining yoshga qarab taraqqiy etishi shu kishi organizmining o’sishiga, ijtimoiy muhit ta'siriga, ta'lim va tarbiyaga, shuningdek, odamning o’z faoliyatiga bog’liq.
Bola ulgaygani sari nerv sistemasi taraqqiy etib va chiniqib boradi. Masalan, bola bir yoshga to’lguncha bosh miyasining og’irligi ikki marta oshadi, to’ rt-besh yoshlarga borganda bosh miya og’irligi uch marta oshadi. miyaning o’sishi 20 yoshgacha, ba'zan undan keyin ham davom etadi. Bola shartsiz reflekslar bilan tug’iladi, ammo hayotining birinchi oyidayoq, shartsiz reflekslar asosida, tashqi ta'sirlar tufayli shartli reflekslar ham vujudga kela boshlaydi. Bola bir yoshga to’lib, ikkinchi yoshga qadam qo’yganda bosh miya po’stining faqat odamga xos bo’lgan yuksak funksiyasi tarkib topadi,

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling