Psixika taraqqiyoti


(maymunlar o’ylamaydi), balki harakatidadir, degan xulosa chiqaradi


Download 1.47 Mb.
bet10/10
Sana26.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1128844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

(maymunlar o’ylamaydi), balki harakatidadir, degan xulosa chiqaradi
Maymunning tafakkurini uning harakatlarida o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz», «maymunning goh uni, goh buni qo’liga olib ko’rib qilayotgan barcha ish-harakatlari, o’z ko’zingiz bilan ko’rib turganingizdek, ish-harakatda namoyon bo’lgan tafakkurdir. Bu qisman avvallari hosil qilingan, qisman hozir ko’z o’ngingizda hosil bo’layotgan, ko’z oldingizda bir-biriga qo’shilayotgan bir qancha assotsiatsiyalardir.
Albatta, bu fahm eng elementar fahmdir» — deydi
Maymunlarning intellektual harakatlari taxminiy harakatlar jarayonida konkret amaliy tafakkur shaklida yuz beradi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlardagi hatti-harakatlarning o’ziga xos xususiyati ularning taqlidchanligidadir Hayvon qatorasiga bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kelgandan keyingina masalani hal qilishning yuksakroq darajadagi usuliga, ya’ni intellekt (aql-idrok) bilan ish ko’rish usuliga murojaat qiladi. Intellektual hatti-harakat hayvonlarning ko’pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi.
Psixolog Ladigina - Kots (1889-1963) maymunlarning «Qurol yasashi» turli yog’och kalitlardan foydalanish usulini kuzatdi. Maymunlarning intellektual harakatlari taxminiy harakatlar jarayonida konkret amaliy tafakkur shaklida yuz beradi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlardagi hatti-harakatlarining o’ziga xos xususiyati ularning taqlidchiligidir. (Pol supurishi, artishi, beshik tebratishi va hokazo).
Hayvonlar muloqoti va «tili». Asalari shiraga boy gulni topib kelayotib «raqsga tushadi» va boshqalarni xabardor qiladi. Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar)ning to’dasida o’zaro munosabatlarning muayyan shakllari mavjuddir. Hayvonlarning har qanday tarzda biron bir to’daga birlashuvi muqarrar ravishda to’dadagilarning bir-biri bilan aloqa qilishlari uchun zarur bo’lgan «til»ning paydo bo’lishiga olib keladi. Har qanday to’dada biologik jihatdan tengsizlik qaror topadi: kuchli hayvonlar kuchsizlarini o’ziga bo’ysundiradi. Kuchsizi bo’ysunganlik alomatini ko’rsatadi. Hayvonlarda qiyofa, suykanish «tili»dan tashqari eshitiladigan signallar «tili» ham bor. Sayroqi qushlarda, delfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi ma’lum. Hayvonlarning «tili»da faqat bitta narsa yetishmaydi-hayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farqli o’laroq, tajribani ifoda etish vositasi bo’lib xizmat qila olmaydi.
Psixikaning muhitga va a’zolarning tuzilishiga bog’liqligi. Agar jonli mavjudodlarning hayot kechirish muhiti hamma joyda mutlaqo bir xil bo’lganida, ehtimol, yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan to’lib ketgan bo’lardi. Haqiqatda muhit har xil.
Barcha jonzot mavjud shart-sharoitlarga moslasha boradi. Aks ettirish usullari qanchalik yuksalgan sari hayvonlarning mazkur turi muhitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod bo’la boradi.
Yashash sharoitlarining keskin o’zgarishi hayvonlarning joyini o’zgartirishga majbur etish azaldan ma’lum. Cho’l toshbaqasi va mayda kemiruvchilar issiq kunlar boshlanishi va qishki sovuq tushishi oldidan o’zlarining normal hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ancha mos keladigan harorat saqlanadigan chuqur in qazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu o’rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o’ziga suv sepa boshlaydi, qalin soyaga yashirinadi. Maymun ham issiqdan yaxshi saqlanishi uchun imkon beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bunda instinktlardan tashqari individual hayot kechirish jarayonida orttirilgan tajriba - shartli boglanishlar ham qo’l keladi
I. P.Pavlov Bu tafakkurning elementar tafakkurligi shundaki, hayvonlar shu paytda o’zi idrok qiladigan voqelik doirasidagina «fikrlaydi», ularning fahm bilan aloqador harakatlari faqat biologik ehtiyojiarni qondirish yo’lidagi harakatlardir, xolos. Hayvonlar o’ylamaydi, ularning fikrni ifodalaydigan va ma'lum bir shaklga kiritadigan tili yo’q. Yuqori darajada taraqqiy qilgan hayvonlarda faqat
birinchi signal sistemasining muvaqqat bog’lanishlari tafakkurning nevrologik mcxanizmlari bo’lib xizmat qiladi. * Hayvonlarda vujudga kelgan harakat usullari biridan ikkinchisiga o’tmaydi. Shu harakat usullarini qaysi hayvon topgan bo’lsa, faqat shu ish hayvonniki bo’lib qoladi. Hayvonlarning kurtak holidagi tafakkuflari taraqqiy etmaydi. Bu tafakkurning zohir bo’lishi tafakkurning mavhumligi, yuksak va murakkabroq shakllari taraqqiy etishi uchun bir bo’lolmaydi. Hayvonlarning tafakkuri namoyon bo’ladigan harakatlarini ularning fe'1-atvorida asosiy o’rin tutmaydi. Hayvonlarning fe’l atvori (xatti-harakatlari)dagi asosiy shakllari instinktlari bilan ko'nikmalardan iborat
Hayvonlarning ana shu oddiy kurtak holidagi tafakkur faoliyati ayni vaqtda hayvon psixika taraqqiyotidagi yuksak bosqich hisoblanadi. Hayvonlar psixologiyasi — zoopsixologiya degan maxsus fan hayvonlar psixikasini tekshirish bilan shug’ullanadi. Bu fan hayvonlardagi psixik hayot shakllarining taraqqiyotini ulardagi nerv sistemasining taraqqiyotiga va biologik sistematikaga (hayvonlarning har xil turlariga), shuningdek, hayvonlarning hayot kechirish xususiyatlariga qarab o’rganadi.
Zoopsixologiya yo’li hayvonlar psixikasining taqqoslab tekshirganidan chog’ishtirma psixologiya deb ham ataladi.
Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling