Psixika taraqqiyoti
I.P. Pavlov bu funksiyani ikkinchi signal sistemasi deb atagan edi
Download 1.47 Mb.
|
3-mavzu
I.P. Pavlov bu funksiyani ikkinchi signal sistemasi deb atagan edi. Yuqorida aytganimizdek, I.P. Pavlov ta'limotiga ko’ra, ikkinchi signal sistemasining mcxanizmlari tafakkur hamda og’zaki va yozma nutqning nerv-fiziologik negizi hisoblanadi.
Takomil etuvchi nerv sistemasi, jumladan, bosh miya — taraqqiy etayotgan odam psixikasining moddiy substrati (asosi)dir. Ammo organizm o’sishining o’zi hali odam shaxsini, undagi psixik hayot mazmuni va shakllarini belgilab bermaydi. Bola tayyor bilim va mahorat, tasavur va qobiliyat, tayyor havas va xarakter bilan tug’ilmaydi. Organizmning o’sishiga bog’liq bo’lgan psixik hayot imkoniyatlari haqiqatan yuzaga chiqishi uchun bola anchayin o’sish bilangina qolmay, ijtimoiy muhitda, odamlar orasida yashashi va kamolga yetishi kerak. Bolalarni go’dakligida yovvoyi hayvonlar (maymunlar, bo’rilar) o’g’irlab ketishi, bu bolalarning tirik qolib, odamlarga aralashmasdan o’sish hodisalari anchagina ma'lum. Ammo, bunday bolalarda odamga xos bo’lgan psixik qobiliyatlar ularning yoshiga yarasha taraqqiy etgan emas. Bu faktlar shuni ko’rsatadiki, organizmning inson jamiyatidan tashqarida o’sishining o’zi shaxsning psixik taraqqiyotini ta’minlay olmaydi. Organizm o’sishi bilan, jumladan, nerv sistemasi o’sishi bilan psixik hayot mazmuni va shakllarining taraqqiysi uchun imkoniyat vujudga keladi, xolos. Bu imkoniyatining yuzaga chiqish boisi shuki, odam ijtimoiy muhitda yashaydi va kamol topadi. Odam biologik zot sifatida emas, balki ijtimoiy zot sifatida kamolga yetadi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling