Psixika taraqqiyoti


Download 1.47 Mb.
bet6/10
Sana26.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1128844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Bolalarning kamolga yetish darajasi biror bilim va malakalarni o’zlashtirish imkoniyatiga bog’liq. Bilim va malakalarni o’zlashtirish jarayoni esa o’z navbatida bolalarning jismoniy va ma'naviy jihatdan kamol topishiga imkon beradi. Ta'lim jarayonida bolalarning iroda va ma'naviy sifatlari takomillashadi, ularning dunyoqarashi tarkib topadi. Ta'lim — odamning tabiiy qobiliyatlarini uyg’otish va rivojlantirish uchun muhim shartlardan biridir.

Agar bola mutlaqo qimirlamay turaversa (amalda bunday bo’lishi mumkin emas, albatta) psixikasi taraqqiy etmagan bo’lar edi. Inson zotining o’z taraqqiyoti uning kamolga yetishida katta ro’l o’ynaydi. Odamning o’z taraqqiyoti faoliyatda yuzaga chiqadi. Odamning o’z taraqqiyoti yosh sayin ongli jarayonga aylanib, faoliyatning o’z- o’zini tarbiyalash degan maxsus turiga aylanadi. Odam boshqalarni tarbiyalash bilangina qolmay, o’z-o’zini ham tarbiyalaydi. Shuning uchun har bir odam umrining qandaydir yoshidan boshlab qandaydir darajada, maktab yoshidan boshlab csa o’zining xatti-harakatiga tegishli tarzda javobgar bo’ladi. Yosh psixologiyasi degan maxsus fan odam psixikasining yosh sayin taraqqiy etishini tekshiradi. Bu fan odam yoshining turli bosqichlarida psixikaning ketma-ket taraqqiy etish xususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganadi.


Yuqorida ko’rsatilganidek, psixika organik hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo’lgan. Organik materiyaning anorganik materiyadan farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, organik materiya seskanuvchandir, ya'ni tashqaridan bo’lgan ta'sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo’zg’aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo’lgan amyoba tashqi ta'sirga javob berar ekan, shu ta'sirga qarab harakatlanadi yoki undan qochadi. Organik materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa — sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo’ladi, ya'ni organizmga ta'sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo’lgan.
Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo’lgan hayvonlar vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgariroq eng boshlang’ich shaklda paydo bo’lgan A.N.Leontyev gipotezasiga ko’ra, sezuvchanlik « genetik jihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta'sirlar bilan bog’lovchi, ya'ni organizmning muhitda oriyentirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o’tovchi ta'sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas»
A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan bog’liq deb ko’rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a'zolari tarkib topadi, deb ko’rsatadi.
Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida hayvonlarda sezgi organlari paydo bo’ladi, nerv sistemasining analiz qilish qobiliyati ham o’sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning ba'zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, burgutning ko’rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo. Nerv sistemasi sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog’liqdir. Masalan, parrandalar umrining ko’p qismini havoda, uchib yurib o’tkazadi. Bunday hayot kechirish bepoyon bo’shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug’diradi.
Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida hayvonlarda sezgi organlari paydo bo’ladi, nerv sistemasining analiz qilish qobiliyati ham o’sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning ba'zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, burgutning ko’rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo. Nerv sistemasi sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog’liqdir. Masalan, parrandalar umrining ko’p qismini havoda, uchib yurib o’tkazadi. Bunday hayot kechirish bepoyon bo’shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug’diradi.
Psixikaning muhitga va a’zolarning tuzilishiga bog’liqligi.
Uzoq vaqt davom etgan evolyutsiya natijasida hozirgi organizmlarda in’ikosning qo’zg’aluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak darajadagi shakllari - psixik hayotning ifodalanishi shakllari bo’lmish sezgilar, idrok, xotira, tafakkurga qadar turli xildagi shakllari
Ta’sirlanish - qo’zg’aluvchanlik.
Hatti-harakatlarning instinktiv shakllari
Hayvonlar muloqoti va «tili».
Psixika va nerv tizimining evolyutsiyasi.
Hayvonlar o’z turiga kiradigan hayvonlar to’dasidan chetda o’sganda ularning xatti-harakatida ba'zi bir xususiyatlar paydo bo’ladi. Uy hayvonlari doimo odamga yaqin yurganidan, ularning xatti-harakatlari shu turga kiradigan yovvoyi hayvonlar xatti-harakatiga qaraganda juda ham boshqacha bo’lib tuyuladi. Hayvonlarda bo’ladigan xatti-harakatlarning ikki xil shaklini, ya'ni tug’ma (yoki nasldan-naslga o’tadigan) xatti-harakatlar bilan hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasi natijasida paydo qiladigan (yoki hosil qiladigan) xatti-harakatlari bir-biridan farq qilmoq kerak. Ammo tug’ma xatti-harakatlar shakllari bilan hayvonlaring o’z tirikchiligi tajribasida hosil qilingan (individual) xatti-harakatlar shakllarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yish yaramaydi.
Tug’ma xatti-harakatlar shakllarining o’zgarishi va individual xususiyatlarga aylanishi mumkin, individual xatti-harakat shakllari esa tug’ma xatti-harakatlar shakllari zaminida hosil bo’ladi. Buni quyida ko’ramiz. Hayvonlar xatti-harakatining asosiy tug’ma shakli instinktlardir. Hayvonlarning o’z tirikchiligi tajribasi natijasida hosil bo’ladigan (individual) xatti-harakat shakllariga ko’ nikmalar va kurtak holdagi fahm bilan aloqador harakatlar kiradi.Hayvonlarning instinktlari Instinktlar hayvonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan ma’lum tug’ma harakatlaridir. Masalan, ko’p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material (cho’p-chalar, loy) tanlash va inni pishiq qilib qurish yo’lida xilma-xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg’ochlarning ini bunga yorqin misol bo’la oladi. O’rgimchaklar garchi in to’qish «san'atini» oldindan o’rganmagan bo’lsa ham, o’z inlarini zo’r «mahorat» bilan to’qiydilar. Asalari o’z kataklarini, go’yo puxta hisob qilib turganday, pishiq reja bilan quradi. Hayvonlarning instinktlari juda xilma-xil bo’ladi.
Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin; 1)Ovqatlanish instinkti,2) saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda (to’da) bo’lib yashash instinkti.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling