Psixika taraqqiyoti


Download 1.47 Mb.
bet2/10
Sana26.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1128844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Katta yarim sharlarning peshana va tepa bo’laklari, ayniqsa, takomil etdi. Odam miyasining peshana bo’lagi miya po’sti yuzasining taxminan 30 foizini egallaydi. Bosh miya po’stining ensa bo’lagi odamda 12 foizini egalladi. Odam miyasining po’stida yangi markazlar hosil bo’ldi, hayvonlarning miya po’stida esa bunday markazlar yo’q. Odam miyasining po’stida nutq markazlarining hosil bo’lishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo’ldi.


Odamda ikkinchi signal sistemasi vujudga keldi va tarkib topdi, ikkinchi signal sistemasining ishlashi odamdagi yuksak nerv faoliyatining hayvonlardagi yuksak nerv faoliyatidan farq qiladigan asosiy xususiyatidir. Odamda moddiy dunyo taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan ong taraqqiy qilib va o’zgarib bordi. Lekin ongning tarixiy taraqqiyoti biologik qonunlar bilan emas, balki ijtimoiy qonunlar bilan belgilandi.
Kishilarda faqat ularning o’ziga xos bo’lgan, ehtiyojlar vujudga kelgan va taraqqiy etdi. Ehitiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchun barcha narsalarning hammasi demakdir. Odam yashash, hayot kechirish uchun o’z ehtiyojiarini qondirishi lozim. Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug’ma ehtiyojlar bo’ladi, ovqatlanish, o’z-o’zini himoya qilish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma'naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug’ma ehtiyojlar emas, ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo’lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan o’zgargan. Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga qarab o’zgaradi.
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot mahsulidir Odamzod tafakkuri dastlab elementar mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’langan edi. Bu aniq-amaliy tafakkur edi. Keyinchalik tafakkur aniq tafakkurdan abstrakt tafakkur sari amaliy tafakkurdan nazariy tafakkur sari taraqqiy qilib bordi. Albatta, abstrakt va nazariy tafakkur tajribadan ajralmagan holda o’sib bordi. Mantiqiy tafakkur shakllari ham mehnat tajribasida va dunyoni bilish jarayonlarida hosil bo’ldi va o’sib bordi. Odam hodisalar o’rtasidagi muhim aloqa va munosabatlarni, tabiat va ijtimoiy hayot qonunlarini tafakkur yordami bilan ochib oladi. Insonning ong idora qiladigan faoliyati endi faqat oddiy qo’l mehnati qurollari, ovqat, kiyim-kechak va turar joyinigina yaratib qolmay, balki fan, san'at. murakkab texnikani ham yaratadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling