Psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari
Download 42.49 Kb.
|
psixodiagnostik metodikalarning psix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Retest Ishonchlilik
- Parallel shakllar ishonchliligi
PSIXODIAGNOSTIK METODIKALARNING PSIXOMETRIK ASOSLARI Reja 1.Psixodiagnostik metodikalarga qo`yiladigan talablar: a)Validlik va uning turlari; b)Ishonchlilik psixodiagnostik metodikalarning muhim psixometrik ko`rsatkichi sifatida. 2.Standartlashtirish. Psixodiagnostik metodikalar qo`llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko`rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o`tkazilishi lozim. Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin. Validlik – metodika yordamida olingan ma`lumotlarning metodikaning nimani aniglashga qaratilganligi, ya`ni metodika mohiyati bilan mosligi. Ishonchlilik – psixogiagnostik metodikaning sifati bo`lib, natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon. Metodikaning ishonchliligi natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon hisoblanadi. Mashhur amerikalik testolog olim Anna Anastazi agar bola hafta boshida intellect testi bo`yicha 110 ga teng ko`rsatkichga ega bo`lib, hafta oxirida bu ko`rsatkich 80 ga teng bo`lsa, bunday metodikaga ishonch bilan qarash mumkin emasligi haqida ta`kidlagan. Isonchli metidikalarni o`tkazish o`xshash natijani ko`rsatishi zarur. Biroz o`zgarish kuzatilishi mumkin, lekin ular unchalik ahamiyatli bo`lmasligi kerak. L.F.Burlachuk ishonchlilikning bir necha turlarini ajratib ko`rsatadi. Retest Ishonchlilik - ayni bir testni ayni bir sinaluvchilarda bir xil sharoitlarda qayta o`tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o`rtasida korrelyatciya ( bog`liqlik) o`rnatish. Bunda sinaluvchilar topshiriqni yodda olib qolish mumkinligini hisobga olib, kamida biro y intervalda o`tkazish maqsadga muvofiq. 0,7 ga teng korrelyatcia koeffitcenti retest ishonchlilik uchun qoniqarli ko`rsatkich hisoblanadi. Parallel shakllar ishonchliligi - metodika ekvivalentini yaratish va uni ayni bir xil sinaluvchilarda o`tkazib, olingan natijalar korrelyatcion bog`lanishlar o`rnatish. Ishonchlilikni aniqlashning ushbu shaklini keng qo`llashga to`sqinlik qiluvchi asosiy muammo – bu ikki turdagi topshiriqlar to`plamini tayyorlash zarurligi bo`lib, ularning ekvivalentliligini isbotlash juda murakkab hisoblanadi. Download 42.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling