Psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari


Standartlashtirish tanlanmasi


Download 42.49 Kb.
bet4/4
Sana23.02.2023
Hajmi42.49 Kb.
#1225006
1   2   3   4
Bog'liq
psixodiagnostik metodikalarning psix

Standartlashtirish tanlanmasi.
Standartlashtirishda sinaluvchilar tanlanmasi alohida ahamiyatga ega. 2ta tushuncha farqlanadi:

  • Sinaluvchilar bosh majmui (populyatcia);

  • Tanlanma.

Tadqiqot o`tkazilishi va xulosalar chiqarish rejalashtirilayotgan ko`p sonli kishilar majmuyi sinaluvchilar bosh majmuyi deyiladi.
Tanlanma – bu sinaluvchilar bosh majmyining bir qismi yoki bo`lagi.
Tadqiqot populyatciyada emas, tanlab olingan kishilar guruhida o`tkaziladi. Tekshiruv standartlashtirish tanlanmasida o`tkazilib, uning natijalari asosida xulosalar bosh majmuiga nisbatan ham chiqariladi. Baholash ishonarli bo`lishi uchun tanlanma reprezentativ bo`lishi, ya`ni uning xususiyatlari bosh majmua xususiyatlariga o`xshash yoki yaqin bo`lishi kerak.
Masalan, A.Anastazi, Veksler shkalasi standartlashtirilayotganda reprezentativ tanlanmani shakllantirishni misol keltiradi. Tanlanma 1700 kishidan iborat bo`lib, unda ayollar va erkaklar soni teng. 16 yoshdan 64 yoshgacha bo`lgan sinaluvchilar 7ta yosh darajasiga ko`ra taqsimlangan (bunda geografik xududlarga, qishloq va shaharga mansubligiga ko`ra, oq va qora tanliligiga ko`ra, ma`lumotlilik darajasi va kasbiga ko`ra AQSH oxirgi aholini qayd etish ma`lumotlariga ko`ra proportcional taqsimlanish hisobga olingan. Har bir yosh darajasi bo`yicha tanlanmaga aqli zaiflar muassasalaridan bir ayol va bir erkak qo`shilgan.
Reprezentativlikni ta`minlash yo`llaridan biri – populyatciyani chegaralash hisoblanadi.Masalan, 15 yoshlilar emas, 15 yoshli maktab o`quvchilari.
Populyatciyani chegaralash quyidagi belgilar asosida amalga oshirilishi mumkin:
-yoshga
-jinsga
- ijtivoiy kelib chiqishiga
- kasbiga
-ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga
-salomatligiga ko`ra.
Diagnostik metodikatini tuzuvchi qaysi populyatciy uchun metodika mo`ljallanganligini, ya`ni normative ko`rsatkichlar ishlab chiqilganligini e`lon qilishi kerak.
Standartlashtirish tanlanmasiga sinaluvchilarni ajratib olish quidagicha amalga oshiriladi: - populyatciyaga tavsif beriladi (yoshi, ma`lumotliligi, kasbi va h.). -populyatciya bir necha qismlarga ajratiladi. -sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlab olinadi (masalan, alfavit bo`yicha, jadval bo`yicha).
Demak, tanlanmabosh majmuadan ajratib olingan tekshiruv o`tkaziladigan sinaluvchilar. Tanlanma hajmi ishonchli ma`lumotlar olish uchun 200 nafardan kam bo`lmasligi kerak.
Download 42.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling