Psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari
Download 42.49 Kb.
|
psixodiagnostik metodikalarning psix
STANDARTLASHTIRISH.
Diagnostik metodika har qanday tadqiqotchilik metodlaridan standartlashtirilganligi bilan farq qiladi. A.Anastazining ta`kidlashicha, standartlashtirish – testni o`tkazish protcedurasi va uni baholashning bir xilligi. Demak, standartlashtirish ikki xil jihatdan qaralishi mumkin: Eksrement o`tkazish protcedurasiga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish. Diagnostik tekshiruv natijalarini baholashning yagona talablarini aniqlash. Eksperimentni o`tkazish jarayoniga bir qator talablar qo`yiladi (ko`rsatma barcha sinaluvchilarga bir xilda berish; bironta sinaluvchilarga ham hech qanday imtiyozlar bermaslik; qo`shimcha ko`rsatmalar, tushuntirishlar qilmaslik; agar ikkita guruhda eksperiment o`tkazilayotgan bo`lsa imkon darajada bir xil sharoitlar yaratish va kunning bir xil paytida o`tkazish; vaqt chegaralari barcha sinaluvchilar uchun bir xilda bo`lishi). Standartlashtirishda yana bir muhim moment – diagnostik tekshiruv natijalarini taqqoslash uchun mezonlarni tanlash hisoblanadi. Masalan, 6 yoshli bola aqliy taraqqiyot testi bo`yicha 117 ball to`pladi deylik. Bu yaxshimi yoki yomonmi? Miqdoriy ko`rsatkich hech narsani ifodalamaydi. Bola to`plagan ballini taraqqiyotning quyi, o`rta, yuqori darajasi deb tavsiflab bo`lmaydi. Shuning uchun metodika bo`yicha olingan ko`rsatkichlarni baholashda statistik norma qabul qilinadi. Statistik norma 2 ko`rsatkich - o`rtacha arifmetik qiymat va standart oq`ishni hisoblash orqali chiqariladi. Normaga asoslangan diagnostik metodikani standartlashtirish metodikani o`tkazish mo`ljallangan katta reprezentativ tanlanmada amalga oshiriladi. Standartlashtirish tanlanmasiga nisbatan norma aniqlanadi. Bu norma testni bajarishni faqat o`rta darajasini emas, yuqori va quyi darajalarini ham ishlab chiqish imkonini beradi. Natijada diagnostic sinovdan o`tishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi darajasini baholash mumkin bo`ladi. Bu esa konkret olingan bir sinaluvchining normative tanlanma yoki standartlashtirish tanlanmasidagi holatini aniqlash imkonini beradi. Statistik normani aniqlash uchun diagnost- psixologlar matematik statistika usuliga murojaat qiladilar. Statistik norma 2 ko`rsatkich - o`rtacha arifmetik qiymat va standart oq`ishni hisoblash orqali chiqariladi. Stenford-Bine testi misolida diagnostic metodika standartlashtirilishini ko`rib chiqamiz. Sinaluvchilar guruhuga 2,5 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan 4498 nafar kishilar kiritilgan. Har bir yosh bo`yicha o`rtacha arifmetik qiymat 100 ga teng bo`lsa, standart og`ish 16 ga teng bo`ladi. Demak, 84 dan 116 gacha oraliqdagi ko`rsatkich norma chegarasi hisoblanadi. Agar sinaluvchi to`plagan ball shu oraliqda bo`lsa, normada; 84 balldan past bo`lsa normadan past, 116 dan yuqori bo`lsa, normadan yuqori deb tavsiflanadi. 117 ball normadan biroz yuqori deb baholanishi mumkin. Download 42.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling