Psixodiagnostik metodikalarning psixometrik asoslari
Test qismlari ishonchliligi –
Download 42.49 Kb.
|
psixodiagnostik metodikalarning psix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmuniy validlik
- Prognostik validlik
- TADQIQOT NATIJALARI ANIQLIGINI PASAYTIRUVCHI OMILLAR
Test qismlari ishonchliligi – metodikani ikki qismga (odatda juft va toq topshiriqlarga ) ajratib, ushbu qismlar o`rtasidagi korrelyatciyani hisoblash orqali aniqlanadi (Pirson, Spirmen formulalari yordamida).
Ishonchlilkni tekshirish ko`p sonly (200) , reprezentativ tanlanmada otkazilishi zarur. Ishonchlilik testing muhim xarakteristikasi, lekin alohida olinganda qimmatga ega emas. Ishonchlilik validlikka erishish uchun zarur. Validlikning bir qator turlari farqlanadi: Mazmuniy validlik – test bilan tadqiq qilinayotgan xarakteristikaning o`zaro mosligini ifodalaydi. Joriy validlik – natijalar bilan parallel tarzda qo`llangan mezonlarning mosligi. (Tekshiruv o`tkazilayotgan vaqtdagi o`zlashtirish, mahsuldotlik bilan testni bajarish natijalari). Prognostik validlik – test natijalari bilan ma`lum vaqt oralig`dan so`nggi mezonlar o`rtasidagi moslik. Bunda mezonlar sifatida masalan, maktabdagi o`zlashtirish, mehnat mahsuldorligi ko`rsatkichlari chiqishi mumkin. Konstruktiv validlik – test bilan o rganilayotgan belgi o`rtasidagi moslik (natijalarni boshqa testlar natijalari bilan taqqoslash. Metodikalar isonchlilil darajasi bir qator sabablarga bog`liq. Tadqiqot natijalari aniqligini pasaytiruvchi bir qator omillarni keltirib o`tish mumkin. TADQIQOT NATIJALARI ANIQLIGINI PASAYTIRUVCHI OMILLAR Diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi. Diagnostik metodikalarning takomillashmagani(ko`rsatma xato tuzilgan,topshiriqlar xarakteri jihatidan turlichaligi, tekshiriluvchiga metodikani taqdim etish bo`yicha ko`rsatmaning noaniqligi). Tadqiqot vaziyatining o`zgarishi (kunning har xil vaqtida tekshiruv o`tkazilishi,xonanig turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning mavjudligi). Eksperimentator xulq-atvor manerasining o`zgarishi, topshiriqni bajarishni turlicha stimullashtirish. Tekshiriluvchi funktsinal holatidagi o`zgarishlar. Natijalarni interpretachiya qilish va baholashdagi sub`ektivlik. Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligini oshirishning yo`llaridan biri standartlashtirish , metodika o`tkazish protcedurasi va uning natijalarini baholashning yagona talablarini ishlab chiqishdir. Download 42.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling