Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet62/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

Konstruktiv validlik – testlashtirish obyektini psixologik tahlil qilishni taqozo etadi, ya’ni test natijalari ajratilgan xususiyatning tekshirish yo’nalishini o’rganadi. Masalan, o’zlashtirishning diagnostik nazoratida mujassam bo’lmagan indikatorlar, haqiqatdan ham o’quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo’qmi?


  • Kriterial validlik – tadqiqotchi uchun test natijalari yordamida individ xatti-harakati aspektining hozirgi va kelajakdagi holati haqida hukm chiqarishi masalasini aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun qo’lga kiritilgan natijalar tashqi kriteriylar (mezon) orqali solishtiriladi yoki turli testlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.


  • Prognostik validlik – tashqi kriteriylar (mezon) va sinaluvchining xulq-atvori interpretasiyasi aniqlanadi.

    Metodning validligi – psixodiagnostik metodning natijalari ayni o’rganilayotgan obyekt xususiyatlariga mos kelishini ifodalanishidir. Validlikni ishonchlilik tushunchasidan tafovuti o’rganilayotgan holatni tadqiqotning “obyekti” va “predmeti” farqini ajratish orqali tushuntirish qulaydir.


    Shuningdek, test validligi, uning ishonchlilik darajasidan oshib ketmasligi zarur.


    7.7. Rezyume
    Xullas, psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar, jarayonni standartlashtirishni taqozo etadi. Standartizasiya – diagnostik metodlarni adekvat ishlab chiqish va diagnostikani standartlashtirish jarayonidir. Undagi ma’lumotlarni to’plash bosqichi esa, psixodiagnostik jarayonda “tadqiqotchi – sinaluvchi” munosabatlari tizimini yaratishdan iboratdir. Metodikalarni tanlash, ularning interpretasiya va qayta ishlash bosqichini ham nazardan qochirmaslik ehtimolini qo’yadi. Olingan natijalarning miqdoriy baholanishi, diagnostik tadqiqotlarning asoslangan psixologik xulosalari, ularning ishonchlilik darajasi hamda validligi orqali tavsiflanadi.

    7.8. Asosiy tushuncha va atamalar
    Metod, metodika, validlik, baholash, tajriba, ishonchlilik, standartlashtirish, mezonlar, tekshirish, tahlil qilish, natija, taqqoslash.


    Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling