Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.4. Kontent-analiz metodi
12.3. Intervyu metodi
Odamlar tilidan yozma yoki og’zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Intervyu – bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli o’laroq intervyu aniq muammo doirasida, qat’iy bir yo’nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqyeda bo’lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o’tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o’ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so’zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir. Intervyu o’tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham psixodiagnostikada “rolli o’yinlar” metodi yordamida psixodiagnost yoki amaliy psixolog maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar. 12.4. Kontent-analiz metodi Kontent-analiz inglizcha “content - analysis” so’zidan olingan bo’lib, yozma hujjatlar, matnlar mazmunini ham miqdor, ham sifat jihatdan talhil qilishni nazarda tutadi. 20-30 yillardayoq bu usul yordamida uning asoschilari bo’lgan amerikalik sosiologlar X.Lassuel va B.Berelsonlar ommaviy axborot vositalari mazmunini o’rganish orqali ushbu metodning Qator afzalliklarini isbot qilolganlar. Keyinchalik Boltiqbo’yi hamda Rossiya olimlari ham bu uslubni umuman yozma matnlarni o’rganishdagi imkoniyatlarini keng yoritib berdilar. Endi kontent-analiz predmeti nafaqat matnning o’zi emas, balki undagi g’oya, mohiyat, mavzu yoki muammolar ham bo’lishi mumkinligi isbotlandi. Masalan, O’zbekistonda hamda Rossiyada chop etilayotgan eng ommabop davriy nashrni olib, unda yoshlar – ta’lim-tarbiya muammolarining qay darajada yoritilishini bir yillik gazetalar saxifalaridan ushbu kategoriyalarning necha marta qayd etilayotiganligi miqdorini sanab chiqish orqali aniqlash eng sodda ko’rinishdagi kontent-analizdir. Muammoni yoki g’oyani ifodalovchi ijtimoiy simvollar, belgilar, ularning matndagi o’rni, abzaslar soni, qatorlar soni kabi qator miqdolriy ko’rsatgichlarni sifat jihatdan talhil qilish obyektiv, asosli, matematik metodlar vositasida asoslash mumkin bo’lgan usuldir. Shuning uchun ham oxirgi yillarda O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy psixologiya, sosiologiya, jurnalistika borasidagi izlanishlarda kontent-analiz ishonchli metod sifatida keng qo’llanilmoqda. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling