Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Mas’uliyat – ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko’rsatgichlaridir. Qobiliyat


Download 1 Mb.
bet98/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

Mas’uliyat
– ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko’rsatgichlaridir.

Qobiliyat
shaxsdagi shunday individual, turg’un sifat hisoblanib, turli xil faoliyatdagi ko’rsatgichlar, yutuqlar va qiyinchiliklar sabablarini tushuntirib berishdir.

13.4. Psixologik bilimlarning ahamiyati

Psixologiyani o’rganish odamning o’zidan boshqa kishilarni yaxshiroq tushunishga, ularning psixik holatlarini hisobga olgan holda ish ko’rishiga, odamlarning ijobiy, salbiy xususiyatlarini, ularning o’zlariga xos bo’lgan individual xususiyatlari qay yo’sinda va nima sababdan yuzaga kelishini ko’ra olishiga, tevarak-atrofini qurshab olgan boshqa odamlar aloqa o’rnatishga yordam beradi.


Psixologiyani jiddiy o’rganishga kirishgan har bir kishi o’zining ham kuchli, ham zaif tomonlarini ko’ra oladi, o’z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi, o’zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilash, nuqsonlarini yo’qota olishga o’rganadi. Psixologiyani bilish odamlarga mehnat va o’quv faoliyatida yordam beradi, ya’ni yaxshiroq tushunish, esda olib qolish, diqqat, fikrlash faoliyatining shart-sharoitlarini ochib beradi. Kishining psixik hayotini aks ettiruvchi adabiyot, til, tarix va boshqa ijtimoiy fanlarning o’rganish psixologik bilimlarning ahamiyati kattadir.


13.5. Inson va faoliyatning emosional irodaviy xarakteristikasi

Irodaviy sifatlar – har birimizning o’z oldimizga maqsad qo’yib, unga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o’z ichiga oladi.


Emosiyalar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo’layotgan hodisalar, bizni o’rab turgan odamlar va ularning xatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo’lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
Shaxsning har bir onda his qiladigan ichki kechinmalari va emosiyalari ham amaliyotga, ishning samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan omillardir. Shuning uchun ham kayfiyati yomon xodimlarni ayrim mamlkatlardagi psixologlar o’sha kuni umuman ishdan chetlatishni ham afzal ko’radilar. Chunki bunday odam nafaqat bevosita zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni sifatsiz, yuzaki yoki yomon bajaradi, balki yon-atrofidagi hamkasabalari kayfiyatini ham buzib, ularning ishga salbiy munosabatini shakllantirib qo’yishi ham mumkin. Shu sababli ham hissiy kechinmalarning turlarini bilish va ularni diagnostika qila olish katta ahamiyatga egadir.
Odamning hissiy kechinmalari turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, organizmning biologik ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligiga bog’liq bo’lgan elementar hissiyotlar – chanqoqlik, ochlik, charchoq hislari; ehtiroslarga aloqador bo’lgan g’azablanish, vajoxat, achchiqlanish hislari; vaziyatga bog’liq bo’lgan xursandchilik, xushkayfiyat, ko’tarinkilik, alam, betoqatlik hislari; bevosita emosional holatlar va psixik jarayonlarning kechishiga bog’liq bo’lgan kayfiyatlar. Bular asosan har bir shaxsning bevosita hissiy olamiga bog’liq holatlar bo’lib, bundan tashqari, uning odamlar bilan muomalasi va muloqotidan kelib chiqadigan ijtimoiy hissiyotlari ham farqlanadi. Boshqa odamlar ta’sirida paydo bo’ladigan hissiyotlar faoliyat jarayoniga yoki ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi, yoki salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy kayfiyat tushunchasi aynan mana shunday odamlarning bir-birlariga ko’rsatadigan hissiy ta’sirlarining oqibatidir.
Hayotda shunday ham bo’ladiki, odam ma’lum sabablarga ko’ra yon-atrofidagilar bilan bo’ladigan munosabatlardagi iliqlikdan mahrum bo’ladi, va shu holatdan kelib chiqqan holda o’ziga xos his-kechinmalarni boshdan kechiradi. Yolg’izlik ana shunday ijtimoiy munosabatlardan yiroqlashgan odamning ruhiy hissiyotlarini ifodalovchi holatidir. Yolg’izlikni psixologik holat ham deyish mumkin, psixik xususiyat deyish ham mumkin. Buning uchun turli shkalalarni o’z ichiga olgan tekshiruv uslubi ishlatiladi. Bunda asosan ruhiy tushkunlik yoki ko’tarinkilik mezon qilib olinib, odamning kayfiyati o’rganiladi. Ko’pincha shaxsning hissiy holatlarini o’rganish uchun Lyusherning ranglar testidan foydalaniladi. Test jarayoni shundayki, tekshiriluvchiga 8 xil rangli kvadrat qilib kesilgan qog’ozlar tavsiya etiladi, u har bir rangni qay darajada o’ziga ayni paytda yoqishiga qarab, tabaqalab berishi kerak. Har bir rang odamdagi ma’lum psixologik holatni ifodalab, tahlil qiluvchi ularning ma’nosini “o’qib”, odamning o’sha paytdagi ruhiy holatini tavsiflaydi. Masalan,
ko’k rang (#1) – sokinlik, tinchlik, bo’shashganlikning alomati;
yashil rang (#2) – irodaviy zo’riqish;
qizil rang (#3) – tetiklik, hayajon, ehtiros;
sariq rang (#4) ruhiy tanglik;
siyoh rang (#5) – ruhiy va jinsiy yetuklik;
jigarrang (#6) – soddadillik, arzimagan narsalarga paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xursandchilik;
qora rang (#7) – ruhiy ziddiyatlar, tushkunlik, g’azab;
kumush rang (#8)xotirjamlik, beg’amlik va befarqlik holatlarini ifodalaydi.
U yoki bu vaziyatlarda odamning ruhan o’zini qanday his qilayotganligi, faolligi va kayfiyati “SAN”, ya’ni rus tilida “samochuvstviye, aktivnost, nastroyeniye” metodikasi yordamida o’rganiladi. Bundan tashqari, yana odamning o’zgalar holatiga tusha olish qobiliyati, o’zgalarni tushunish va hamdardligi kabi sifatlari ham maxsus usullarda o’rganiladi. Bular empatiya testlari deb nomlanadi. Bunda ham vizual diagnostikadan foydalanish mumkin. Masalan, ekspert baholash uchun 5 balli tizimda maxsus jadvalda odamning og’zi, ko’zlari, qoshlari, yuzining rangi, qo’llar harakati, nafas olish, gapirish tonlari tashqaridan kuzatib, qayd etiladi. Emosional holatning har bir baliga kuzatilayotgan belgilarning ma’lum mazmuni to’g’ri keladi.
Empatiyani o’rganish uchun A.Megrabyanning 83 savoldan iborat testi ham ishlatiladi. Har bir savol 9 balli tizimda, –4 dan +4 gacha bo’lgan oraliqda baholanadi.
Demak, odamlar orasida ishlayotgan, faoliyat ko’rsatib, o’z kasb mahoratini oshirib borayotgan har bir inson tabiiy tarzda insoniy munosabatlarning ham ustasi bo’lib boradi. Bunda unga odamlarga qarab turib, avvalo o’zini o’rganish san’ati hamda har bir qarash yoki verbal muomala jarayonida o’zgalarni o’rganib borish tajribasi qo’l keladi. Yuqorida ta’kidlangan har bir holat va jarayonlarni bilish o’zini va o’zgalarni boshqarishning bosh mezonlaridandir.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling