Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
Download 30.63 Kb.
|
Eksperimentlarni loyihalashtirish Reja Kirish Eksperimental fao
Tafakkur turlari.
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning extiyojlari, xatti-harakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli - tumandir. Xuddi ana shu boisdan, ularning tafakkuri ham har xil holatlarda, vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi. Bundan oldingi boblarda ta’kidlab o‘tganimizdek, bilish jarayonida, amaliy va nazariy vazifalarni hal etishda, o‘zga kishilarning nutq orqali ifodalangan fikrlarini uqib olishda, muomalaga kirishishda, fikrlarini tushunib olishda inson fikr yuritadi. Psixologiya fanidatafakkur shakliga, topshiriqxususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi. Tafakkurning konkret amaliy, konkret obrazli va obstrakt kabi asosiy turlari farklanib olinadi. Konkret amaliy tafakkur narsalar bilan ish bajarish jarayonida ularni bevosita idrok etishga suyanuvchi tafakkurdir. Bu suzlar asosan kayd etish funksiyasini bajaradi. Bunday tafakkur maktabgacha yoshdagi bolalarga xosdir. Konkret obrazli tafakkur tasavvurga tayanadi. Tafakkurning bu turi kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mansubdir. Lekin bunday tafakkur katta yoshdagi kishilarda xam uchrab turadi. Xususan uz oldilaridagi vazifa konkret bo‘lganda ular xudi shu xilda fikr yuritiladi. Abstrakt tafakkur narsalarning moxiyatini aks ettiruvchi va suzlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Tafakkurning bu turi dastavval xar xil nazariy masalalarni yechish bilan bog‘liqdir. Lekin u kundalik hayotda xam keng kullaniladi. Fikr yuritishdagi mustakillik kishining ijtimoiy tajribadan foydalana bilishida uz mustakil fikrini ijtimoiy tajribaga nisbatan uz munosabatini namoyon eta bilishida qo‘zg‘a tashlanadi. Tafakkurning tankidiyligi odamning turli narsa va xodisalarni boshqa odamlarning xamda shaxsan uz fikrlarini analiz qilish tugri va jiddiy baxolay bilish kobiliyatidir. Ijodiy ishlash uchun odamdar fikrning ildamligi yani vazifalarni konkret sharoitga qarab yecha olish vazifalarni bajarishning yangicha yullarini topa bilish kobiliyati xam talab kilinadi. Bu esa uz nisbatida fikrning sinkovligi bilan xamma vaqt masalani yechishning eng yaxshi usulini izlash extiyoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Tafakkurning yukorida sanab utilagan shuningdek boshqa ba’zi xususiyatldari turli shaxslarda turlicha bo‘lib bu xususiyatlarni akl sifatlari deb qaraladi. Tafakkur turlari shakliga kura. Ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obrazli, mantikiy. Ko‘rgazmali – harakat tafakkurnining xususiyati shundan iboratki u xam odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paydagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.Ko‘rgazmali obrazli tafakkur esa ko‘rgan kechirgan narsalarva xodisalarning konkret obrazlari kuz oldimizda gavdalangan chogda ularning moxiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir. Mantiki tafakkur-bu mavxum tafakkur bo‘lib, suzlar suzda ifodalangan bilim, goya va tushunchalarga tayangan xolda bevosita idrokimiz doirasida bo‘lmagan narsalar yuzasidan chikargan hukmlarimiz, muloxazalarimiz bu tafakkurga misol bulla oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab xodisalarini falsafiy o‘rganish faqat mavxum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo‘ladi. Tafakkur yangiligi va noyobligiga kura kuyidagi turlarga bulinadi. Fikrlarimining yana bir turi reproduktiv bo‘lib, uning moxiyati-ko‘rgan bilgan narsalarimizni aynan kanday bo‘lsa, shundayligicha, uzgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi. Produktiv yoki ijodiy tafakkur-fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik qaytarilmaslik kushilgandagi tafakkurni nazarda tutadi. Tafakur ijodiy elementiga kura yana bir necha turlarga bulinadi. Konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bita bo‘lgandagi fikrlash nazarda tutsa, divergent tafakkur – fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir necha yechimlar paydo bulishni takkozo etadi. Aynan shunday ijodiy tafakkur devergent shaklda bo‘lsa, u ijodiy parvoz yangiliklarni kashf etishga asos bo‘ladi. Fikrning kaxf etish yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati ba’zan uning kreaktivlik sifati bilan bog‘lab tushuntiriladi Kreaktivlilik-shunday xislatki, u guyoki yuk joyda bor qiladi, ya’ni oddiygina, jungina narsalarga boshqacha birovlarnikiga uxshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan uchta suz berilgan «kalam», «kul», «ayik». Download 30.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling