Psixologik korreksiya


Download 73.77 Kb.
bet10/18
Sana23.01.2023
Hajmi73.77 Kb.
#1111911
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Tuzatish ishlari

Avstraliya yomg'ir
Avstraliyada shamol ko'tarildi (uchta xurmo)
Yomg'ir tomizish boshlanadi (Barmoqlaringiz bilan)
Yomg'ir kuchayadi (ko'krak qafasidagi palmalar bilan muqobil paxta)
Haqiqiy yomg'ir boshlanadi ( kalçada paxta)
Va bu erda do'l-haqiqiy bo'ron ( oyoq tepasi)
Lekin bu nima. Bo'ron susayadi ( kalçada paxta)
Yomg'ir tushadi ( ko'krakdagi palmalar bilan paxta)
Noyob tomchilar erga tushadi(Barmoqlaringiz bilan)
Shamolning sokin shivirlashi (xurmolarni tozalash)
Quyosh ! (qo'llar yuqoriga)i


Darsning mazmuni
Mavzu: "Hamkorlik"
Maqsad: Ijobiy kommunikativ faoliyatni shakllantirish, salbiy hissiy holatni ijobiy holatga aylantirish qobiliyatini rivojlantirish
Dars jarayoni: 1.Tashkiliy qism
Mashq Qilish "Iltifot"
2.Asosiy qism
Agar hamkorlik qanday bilaman " o'yini
Kutilmagan hamkorlik. Ba‘zan o‘zga tomon biz kutganimizdan ertaroq 
shartimizni qabul qilishi, hamda biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini namoyon 
etishi mumkin. Ayni paytda ortiqcha shubha va ishonchsizlik qaror qabul 
qilishimiz yo‘lidagi to‘siqqa aylanadi. Mazkur vaziyatga shubha bilan qarash qulay 
imkoniyatni boy berishga olib kelishi mumkin. Ammo, kutilmagan rozilik ortida 
yashirin niyatning borligi ehtimoli ham yo‘q emas. Bunday vaziyatda yuzaga 
kelgan shubhani va o‘zga tomonning samimiylik darajasini aniqlash lozim. 
Samimiyatni aniqlash muzokara jarayonidagi ancha murakkab holat hisoblanadi. 
Mavjud imkoniyatlardan biri o‘zga tomon harakatidagi noverbal signallarni tahlil 
etish orqali yashirin, yuzaga chiqolmayotgan ma‘lumotlarni olishdir.
Qaror qabul qilish ko‘pincha vaqt tanqisligi vaziyatida o‘tadi va muzokara 
ishtirokchilarida ma‘lum zo‘riqishni uyg‘otadi. Hatto, muzokara ishtirokchilari 
o‘zga tomonni noqulay vaziyatga qo‘yish va imkoniyatni o‘zlari tomonga burish 
maqsadida turli nayranglarga ham boradilar. Shulardan biri o‘zga tomon uchun 
vaqt tanqisligi sharoitini yuzaga keltirish uslubidir. Yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan bunday noxush vaziyatga nisbatan rahbar ma‘lum darajada qarshi tura 
olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Quyida shunday malaka haqida aytib o‘tiladi 
va bu kezi kelganda nafaqat vaqtni yutish, hatto navbatdagi maqsadni bajarish uchun ham yordam beradi.
Masalan, vaqt tanqisligi sharoitida vaqtdan yutishdagi uslublardan biri – suhbatdosh taklif etayotgan yechim yoki qarorni batafsil takrorlashdirOdat da bu usul psixologiyada «verbalizasiya» deb, ataladi va bu orqali 
nafaqat o‘zga tomon qarashini aniqlash, balki, takrorlashga sarflanayogan vaqt orqali «pauza» kabi qo‘shimcha muddatga ega bo‘linadi. Bunday sharoitda qo‘lga 
kiritilgan har qanday pauza o‘ylash uchun yana bir muddatdir. Shu kabi usullar 
qatoriga vaqtdan yutish maqsadida qisqa muddatli tanaffus e‘lon qilish, oynani 
ochib qo‘yish bahonasida bir oz vaqtni cho‘zish, bir piyola choy bilan chalg‘ish va hokazo uslublarni sanab o‘tish mumkin. Muzokara olib borish sharoitida to‘siq paydo bo‘lishining yana bir manbai - 
o‘zga tomonga xos shaxsiy muammolardir. Buning natijasida o‘rtada zo‘riqish, tushunmovchilik va hatto, o‘zaro shubha, ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Suhbat 
chog‘idagi bunday to‘siqlarni olib tashlash malakasi juda zarur xislatdir. Shu maqsadda quyida bir necha uslubni taklif etamizki, ularni qo‘llash nafaqat 
munosabatlarni oydinlashtiradi, balki muzokara olib boruvchi shaxsning niyatini 
samimiylashtirish imkonini ham beradi.
Masalan, orada biron zo‘riqish vaziyati paydo bo‘lsa, hazil-mutoyibaga 
murojaat etish, muzokara ishtirokchilarini yoqimli biron-bir tadbirga taklif qilish, 
suhbatni boshqa yo‘nalishga burish kabi uslublardan foydalanish kerak.
Ko‘p hollarda o‘zga tomon muzokara davomida asossiz ravishda o‘z salbiy 
munosabatini namoyon qiladi, yoki suhbat ishtirokchilariga ishonchsizlik bilan 
qaraydi. Bunday kishi kelayotgan ma‘lumot ichidan faqatgina o‘z shubhasini 
tasdiqlovchi dalillarni izlaydi, masala muhokamasiga ko‘pincha bir tomonlama 
qaraydi. Shuni unutmaslik kerakki, o‘zga tomonning bunday munosabatini tanqid 
ostiga olmaslik zarur va imkon bo‘lgan paytda oradagi ishonchsizlik bulutini 
tarqatishga harakat qilish lozim. Buning uchun, avvalambor mazkur insonning 
ichki holatini iloji boricha to‘la aks ettirishga, uni tushunishga intilish zarur. Bu 
yerda «Xo‘sh, men uning o‘rnida bo‘lsam, nima qilgan bo‘lardim, unga xos 
xarakter xislatlari va imkoniyatlari menda bo‘lganda vaziyatni qanday idrok 
etardim?», degan savolni o‘z-o‘ziga berishi kerak. Umuman, suhbat chog‘idagi har 
qanday salbiy holat maqbul yechim topish imkoniyatini kamaytiradi va 
muzokarani boshi berk ko‘chaga kiritadi. Shuning uchun, iloji boricha salbiy 
holatlarni kamaytirish va ularni hatto bartaraf etish ustida doimiy ish olib borish 
lozim. Bu yo‘nalishdagi oddiy tadbirlardan biri – iloji boricha o‘zganing salbiy 
holatiga nisbatan shu tarzda javob berishga intilmaslikdir. Suhbatdoshingiz 
qanchalik zo‘riqishiga qaramay iloji boricha o‘zingizni xotirjam tuting. Undagi 
salbiy holat takrorlanaversa, eng maqbul yo‘llardan biri – bu holat natijasida paydo 
bo‘layotgan o‘z hissiyotingiz haqida ochiq-oydin gapirishdir. Bunday uslub 
vaziyatni oydinlashtirish orqali, suhbatdoshning ishonchsiz va salbiy munosabati 
suhbatga qanday to‘sqinlik qilayotgani haqida unga aniq ma‘lumot beradi.



Download 73.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling