- Sensorli deprivatsiya kamerasi tovush va yorugʻlik oʻtkazmaydigan xona boʻlib, unda odam shoʻr suvda suzadi, uning zichligi tanaga teng va harorati tana haroratiga mos. Bunday kamera birinchi marta 1954 -yilda Jon Lilli tomonidan sensor deprivatsiya taʼsirini oʻrganish uchun qoʻllangan. Bunday kameralar meditatsiya, dam olish va tibbiyot uchun ham qoʻllaniladi. Boshqacha qilib aytganda, „floating“ "suzuvchi" kema atamasi ham ishlatiladi (inglizcha: float [flout] — erkin suzib yurmoq, yuzada qolmoq).
- Britaniyaning Kolumbiyasi Universitetidan Piter Syuedfeld va Roderik Borri 1970 -yillarning oxirida hissiy mahrumlik xonasining terapevtik maqsadda qoʻllanilishini oʻrganishdi. Ularning texnikasi cheklangan atrof-muhitni stimulyatsiya qilish terapiyasi (REST) deb nomlangan.
- Turli sohalarda oʻtkaziladigan koʻplab mashqlarida shaxsiyatni tuzatish maqsadida sensor deprivatsiya qilish usuli qoʻllaniladi. Yopiq koʻzlar, sokin atrof-muhit, yolgʻiz joy, harakatsiz holat, yolgʻizlik — bularning barchasi turli xil oʻz-oʻzini rivojlantirish amaliyotlari uchun ishlatiladigan sensor deprivatsiya turlari hisoblanadi
Sensor deprivatsiyaning salbiy oqibatlar - Sensor deprivatisiya oʻtkaziladigan vaqt oshgani sayin, beqaror aqliy faoliyat bosqichida, hissiy labillik pasayish bosqichi namoyon boʻladi yaʼnikim letargiya, depressiya, apatiya, bu qisqa vaqt ichida eyforiya, asabiylashishga aylanadi.
- Sensor deprivatsiya sharoitlari qanchalik ogʻir boʻlsa, fikrlash jarayonlari tez buziladi, bu esa diqqatni bir yerga jamlay olmaslik, muammolar haqida izchil fikr yuritishda namoyon boʻladi. Ular oddiy aqliy harakatlarni bajarishda pasayishlar kuzatilishi bilan namoyon boʻladi.
sezgi - - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |