Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi ergasheva nasibaning


Guruhlardagi yana bir jarayon


Download 197.84 Kb.
bet11/12
Sana24.12.2022
Hajmi197.84 Kb.
#1052652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jo;ranzarov A1

Guruhlardagi yana bir jarayon bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a`zolarining bir birlarini yaxshi bilishlari, bir birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsialari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqligining birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil bu o’sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo`nalishi va mazmunini bilishdagi g’oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikga ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi mavzuda o`rganamiz.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o`rganishda tarixiy tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o’rniga bevosita bog’liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o`rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik printsiplar sanab ko’rildi. To`g’ri, bu tadqiqotda to’plangan ma`lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo`lmaydi. Qolaversa, bu kontseptsiyaning o`zi necha bor qayta ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo’yicha o’tkazilgan kross tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo’llangan piktogramma "so`z portretlarini», o`z-o`zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik printsiplarda qo’llash mumkin.


3.2Guruhiy tadqiqotlar

O`zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro`y berayotgan o`zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga mansub bo`lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilmog`i lozim. Ya’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o`zbek psixologlaridan o`z yechimini kutmoqdaki, ularda ilg`or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o`ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.


Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot usullari
Ijtimoiy psixologiya to`g`risida gapiriladigan bo`lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo`yayotgan talablari o`ziga xos bo`lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan xodisa shu bo`ldiki, bu fandagi nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko`pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning metodologiyasi muamolariga to`xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko`pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, — deb yozadi u, — ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir.

“Metodologiya" tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan, amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladngan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar. Lekin “metodologiya" tushunchasi aslida uslublar yig`indisidan ham kengroq tushunchadir. Ya’ni, “metodologiya" tushunchasi “konkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridankengroqdir.


Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni qay turdagi ma’lumotlarni ijtimoiy psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki bixevioristlar bunday ma’lumotlar sifatida ko`z bilan ko`rib qayd qilinadigan xulq-atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo`lgan belgilarni tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi kerak Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Shuning uchun eksperimental va korrelyatsion tadqiqotlar bor.
Ikkinchi metodologik muammo — bu u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqikot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin shu taxminlarning aniq chiqishi o`sha muammo bo`yicha pishiq - puxta nazariyaning bor-yo`qligiga bevosita bog`liq. Shuning uchun ijtimoiy psixologiyada gipotezalar tuzish va ular asosida kerakli umumiy xulosa chiqarish ishini bilish kerakdir.
Uchinchi muammo — bu ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. O`rganish ob’ektining hajmi yoki soni xususida shuni aytish mumkinki, ko`pincha tekshiriluvchi qanchalik ko`p bo`lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo`ladi, degan noto`g`ri fikr mavjud. Agar gipotezalar to`g`ri ilgari surilgan bo`lsa, u kichikroq guruhda o`tkazgan eksperimentlarining ma’lumotiga ham ishonishi mumkin.

Lekin tadqiqot uslubini — metodlarini to`g`ri tanlashda pilotaj — sinov tadqiqoti o`tkazishning ahamiyati kattadir. Bunda o`sha gipotezalarning qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar ob’ektining to`g`ri tanlanganligini ham, ma’lumotlarning turg`unligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashqari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa o`tkazish uchun qulay vaziyat va vaqtni belgilash, o`z yordamchilarining ishga qanchalik yaroqliklarini ham sinab olish imkoniyatiga ega bo`ladi.



Metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi ko`rsatkichlar hisoblanadi va u o`tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi.
Bahsda ishtirok etish va undan manfaatdorlik hissi har bir ishtirokchida shakllanishi shart va bunda boshlovchi — o’qituvchining roli katta. Amaliy mashg’ulotlarni bahs-munozara shaklida o’tkazilishi bolalarga oldindan aytilishi va ularning tayyorgarlik ko’rishlari uchun savollar berilib qo’yilishi maqsadga muvofiqdir. Bahs ishtirokchilari hayajonlanmasliklari uchun mashg’ulot boshlanishidan avval ularning o’zlarini erkin tutishlari uchun ayrim yengillashtiruvchi mashqlar, boshqacha qilib aytganda, psixogimnastik mashqlar o’tkazish tavsiya etiladi.
Masalan, ana shu maqsadda o’tkaziladigan psixogimnastik mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. O’qituvchi guruhni aylana shaklida turishlarini so’raydi va a’zolarni navbatma-navbat o’rtaga chiqib, guruh bilan xohlagan tarzda, lekin samimiy salomlashishni so’raydi. Keyin guruhdan kimning salomi ko’proq yoqqanini so’raydi.

  2. Guruh a’zolari o’qituvchi atrofida yarim aylana shaklida turishadi. Navbat bilan guruh a’zolari o’rtaga chiqib, xohlagan a’zo bilan so’zsiz, lekin ochiq yuz bilan mimika vositasida salomlashish va biror fikrni bildirishi so’raladi.

  3. Hamma doira shaklida o’tiradi va o’qituvchi olib kelgan koptok navbat bilan muloqot qatnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, o’sha odamning kuchli, yaxshi bir sifati aytilib, so’ng irg’itiladi. O’qituvchi koptokning albatta har bir kishiga tegishini nazorat qiladi.

Bu kabi mashqlar munozara qatnashchilari o’rtasida o’zaro tanglikning bo’lmasligi va o’z fikrini bayon etayotganda o’qituvchidan tortinmasligi uchun o’ziga xos trening hisoblanadi.
O’qituvchi munozarani boshlar ekan, ishtirokchilar ongiga quyidagilarni yetkaza olishi kerak:
a) mashg’ulot har bir ishtirokchiga albatta foydali bo’ladi va ular bir-birlariga yordam berish uchun kelganlar;
b) munozara o’zaro muloqotning bir shakli bo’lib, har bir ishtirokchi bir-biriga ochiq va samimiy munosabatda bo’lsin;
v) munozara ishtirokchilarning o’zaro tajribalarini almashinishlari uchun qulay sharoitdir;
g) fikr bayon etishda kerak bo’lsa tavakkal qilaylik, lekin indamaslik shiorimiz bo’lmasin;
d) munozara paytida ko’p yozish shart emas;
ye) agar biror narsa tushunarli bo’lmasa, uni so’rashdan tortinmang;
j) bilgan bilimlarimizni bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham bundan manfaatdor bo’lsinlar, «yashiringan bilim-bilim emas»ligini unutmaylik!
Agar mashg’ulotlar bir-birlarini yaxshi tanimaydigan boshlang’ich guruhlarda boshlangan bo’lsa, «tanishish» mashqlarini o’tkazish, albatta ishni kichik guruhlardan boshlash lozim. Bunda erkin yo’naltirilmagan bahs shaklini qo’llash o’rinliroq. Bunda o’qituvchi ishtirokchilarga bir-birlarini yaxshi tanib olsalar, birgalikda harakat qilsalar, umumiy ish uchun manfaatli bo’lgan natijalarga erishish mumkinligini tushuntirishi lozim.
Agar ishtirokchilar biror yangi ma’lumotlarga ega bo’lish, murakkabroq masala yuzasidan umumiy nuqtai nazarga ega bo’lish va mantiqiy xulosalarga erishishni maqsad qilgan bo’lsalar, unda dars avvalida o’qituvchi yoki oldindan tayyorgarlik ko’rgan guruh a’zosi ma’ruza qilishi, ma’ruza yuzasidan keyin bahs uyushtirilishi, dars oxirida imkon bo’lsa, o’qituvchi o’zi tayyorlagan tarqatma materiallarini har bir a’zoga berishi kerak. Faollashtiruvchi usullar materiallar qo’lga berilgach, ishga solinadi.
Agar darsning yoki amaliy mashg’ulotning maqsadi tinglovchilardagi aniq qobiliyatlarni rivojlantirish, malakalarni oshirish va yangi tajribadan foydalanish bo’lsa, unda bahsning predmeti avvalo tajriba almashinuvga qaratilishi, bunda ayrim mashqlar ham bajarilishi, ularning natijalari tahlil qilinishi, rolli o’yinlarni bajarishgacha olib borilishi kerak. Bunda o’qituvchining roli ancha mas’uliyatli bo’lib, u mashg’ulotgacha konkret yo’riqnomalarni o’quvchilarga berishi va guruh ishini muntazam kuzatib, nazorat qilib turadi.
Agar munozara darslarining maqsadi — ishtirokchilarning yangi, mustaqil fikrlarga kelishi, ularni shaxsiy tajriba va vaziyatlarga bog’lab aytib berishlariga olib kelish bo’lsa, unda o’qituvchi «Men» — munozaradaman» holatida guruhli bahsni kichik guruhlarda tashkil etishi, ularda alohida holatlar va vaziyatlarning tahliliga barchaning diqqatini qaratishi, ishtirokchilarni turli rollarni tasavvur qilishga majbur qila olishi va oldindan tayyorlab qo’yilgan savolnomalarni dars oxirida tarqatib, shakllangan yangi g’oyani ajratib olishi kerak. Demak, bu shakldagi ish har bir ishtirokchidan puxta tayyorgarlikni va aniq ko’nikmalarni talab qiladi.
Bahs shaklida mashg’ulot o’tkazganda, qabul qilinadigan qarorlarning ahamiyati katta. Qarorlarning samarali bo’lishi uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:

  • mashg’ulot boshlanishidan oldin o’qituvchi tahlil qilinishi lozim bo’lgan muammoni belgilaydi va unga qay tarzda munosabat bildirilishi lozimligini tushuntiradi;

  • qisqa bo’lsa-da, bu muammoning oldingi darslarga bog’liqligi, uyga berilgan vazifa, muhokama qilinadigan masalaga oid muhim faktlar esga tushiriladi;

  • bahs qatnashchilari kichik guruhchalarga (4-5 kishi) bo’linib, mashg’ulot oxirida fikrlar umumlashtirilishi uchun qog’ozlar taxt qilib qo’yiladi;

  • guruhda ishlash mobaynida bildirilgan fikrlarning afzal va kamchilik tomonlari haqidagi o’z mulohazalarini og’zaki yoki yozma tarzda qarorlar shaklida bayon etadilar;

  • ish yakunida guruhning vakillari o’z guruhining ishi to’g’risida gapirib, ularni boshqalarniki bilan qiyoslaydi. Zarurat bo’lsa, o’qituvchi har bir guruhning qarorlarini o’zaro qiyoslab, savollarga javob beradi, noaniqroq qarorlarga o’z munosabatini bildiradi.



XULOSA
O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda sotsial psixologiya fanining asosiy kategoriyalari, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari haqida; sotsial psixologiyaning fanlar tizimida tuzilishi, ularning rivojlanish istiqbollari haqida; sotsial psixologik tadqiqotlarni tashkil etish, o’tkazish metodlari va uning vositalaridan foydalana olish; psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar; insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi; turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial psixologiyaning har xil usullarini qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish, umumpsixologikxtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Sotsial psixologiya” fani bo’yicha yangi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasi asosida tuzilgan bo’lib, unda psixologiya ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo’lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko’rsatma va maslahatlar berilgan. Uslubiy ko’rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan.



Download 197.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling