"psixologiya"
Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
Test: Qay darajada beparvosiz? Quyida berilgan 10 savolga «ha», «yo’q» deb javob bering: 1. Qaysidir sharq davlatlaridan biriga kelib qoldingiz, deylik. U yerda milliy taomlar tayyorlanadigan oshxonada ovqatlanasizmi yoki yevropacha oshxona qidirishga tushasizmi? 2. Do’konga kirganingizda rejalashtirmagan buyumlarni ham xarid qilaverasizmi? 3. Vaqt-vaqti bilan harakat yo’nalishingizni o’zgartirib turasizmi? 4. Uy jihozlari o’rnini almashtirish bilan shug’ullanishni yoqtirasizmi? 5. Bazm boshlanishiga hali bir necha soat vaqt bo’lsa-da, mehmonlarni muddatidan oldin taklif qilganmisiz? 6. Qaysidir muhim ishni bajarishga kirishishdan oldin reja tuzib olasizmi? 7. Agar sizga qoidasi ma’lum bo’lmagan o’yinda qatnashishni taklif qilib qolishsa, ishtirok etasizmi? 8. Odatda dam olish kunlaringizga reja tuzasizmi? 9. Unchalik tanish bo’lmagan kishilar bilan uchrashuvga kechikib borganmisiz? 10. O’rtoqlaringiz qaysidir yangi mashg’ulot bilan shug’ullanayotganini ko’rib qolsangiz, darrov kirishib ketasizmi? Endi belgilangan javoblarga qarab ochkolar jamlang. Har bir «HA» javobi uchun bir balldan olasiz. 8-10 ball. Ha, ertangi kun haqida qayg’urish sizga xos vazifa emas. Sizning beparvoligingiz yengiltabiatlik bilan chegaradosh ko’rinadi. Ammo do’stlaringiz va yaqin qarindoshlaringiz bunga ko’nikib ketishgan bo’lsa ham bu haqda o’ylab ko’rish zarar qilmaydi: odamlar ishonchini qozonolmay yurishdan qo’rqmaysizmi? 4-7 ball. Siz birmuncha beparvo, ammo unchalik loqayd inson emassiz. Ko’plab hatti-harakatingizni ichki hissiyotlarga qarab bajarishingizga qaramasdan, muhim ishlarga jiddiy yondoshasiz. 3 ball va undan kam. Zudlik bilan xotirjam yurishni o’rganib oling va har safar oddiy kamchiliklar tufayli asabiylashmang. Shuni ham bilib qo’yingki, konservatizmga berilish sizni hayotdagi ko’plab quvonchlardan mahrum etishi mumkin Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling