Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari


Jinsiv baIog‘atga vetish bosqichlari


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/97
Sana11.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1766811
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Jinsiv baIog‘atga vetish bosqichlari. 
Jinsiy balog‘atga 
yetish tekis kechadigan jarayon emas. U m a’lum bir 
bosqichlaiga bo‘linadi va ularning har biri ichki sekretsiya 
bezlarining va butun organizmning o‘ziga xos funksiyalari 
bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar birlamchi va ikki­
lamchi jinsiy belgilar majmui bo‘yicha belgilanadi.
0 ‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham jinsiy ba- 
log'atga yetishning 5 bosqichi farqlanadi (1-jadval).
1 - j a d v a l
7—17 yoshlardagi o‘g‘il va qiz bolalarda jinsiy balog‘atga 
etish bosqichlarining kuzatffishi 
(% hisobida)
Yosbi
0 ‘g‘il bolalar
Qiz bolalar
I
11
III
IV-V
I
II
I ll
IV-V
7
8
100
100



99
1


9
100



90
10


10
98
2


67
32
1

11
94
6


39
51
8
2
12
71
25
4

10
42
28
20
13
33
35
26
6
1
12
38
49
14
9
27
44
20

4
17
79
15
2
7
36
55

1
11
88
16

1
14
85



100
17


4
90



100
Ilova: Har bir yosh guruhi bo'yicha mazkur bosqichlaming kuza- 
tilishi (foizlarda).
51


I bosqich 
— pubertat oldi bosqichi (jinsiy balog‘atga 
yetishdan oldingi davr). Bu davr ikkilamchi jinsiy bel- 
gilarning bo'lmasligi (namoyon bo‘lmasligi) bilan xarak- 
terlanadi.
II bosqich 
— pubertat boshlanishi. 0 ‘g‘il bolalarda 
tuxumdon o‘lchami bir oz kattalashadi. Qovning jun 
bosishi minimal bo'ladi. Junlar har-har joyda va to ‘g‘ri 
bo‘ladi. Qiz bolalarda ko‘krak bezlari to'lisha boradi. 
Jinsiy lablar atrofini bir oz jun bosadi. Bu bosqichda gi- 
pofiz keskin faollashadi, uning genodotrop va soma- 
totrop funksiyalari ortadi. Somatotrop gormonlar ajra- 
lishining kuchayishi bu bosqichda qizlarda ko'proq 
kuzatiladi. Bu esa ularda bo‘yning o ‘sish jarayonlarining 
kuchayishini ta ’minlaydi. Jinsiy gormonlarning ajralishi 
kuchayadi, buyrak usti bezining funksiyasi faollashadi.
III bosqich 
— o ‘g‘il bolalarda tuxumdonning katta- 
rishi davom etadi. Jinsiy a ’zoning kattalashishi bosh- 
lanadi, asosan u uzaya boradi. Qovda junlar qalinlashib, 
dag‘allashib, ularning 
maydoni kengayib boradi. Qiz 
bolalarda sut bezlarining rivojlanishi davom etadi, jun 
qoplashi qov tomon kengayib boradi. Qon tarkibida 
genodatrop gormonlar miqdorining ortishi amalga 
oshadi, Jinsiy bezlar funksiyalari faollashadi. 0 ‘g‘il bo­
lalarda somatotropik gormoni ajralishining kuchayishi 
bilan ularning bo‘yining o ‘sishi tezlashadi.
IV bosqich 
— o ‘g‘il bolalarda jinsiy a’zo eniga ken- 
gaya boradi, tovush o £zgaradi, yuzlarga sepkil chiqa 
boshlaydi, yuzlariga, qo'ltiq osti va qovlariga jun chiqa 
boshlaydi. Qiz bolalarda sut bezlari jadal rivojlana bosh­
laydi, badanning ba’zi joylarini jun bosishi kattalarniki- 
ga o ‘xshagan bo'ladi, biroq kam roq tarqaladi. Bu 
bosqichda androgen va estrogen garmonlar kuchli ajral­
ib chiqa boshlaydi. 0 ‘g‘il bolalarda bo‘yni jadal o ‘sishi- 
ni belgilab turuvchi somatotropinning yuqori darajasi 
saqlanib qoladi. Qiz bolalarda esa somatotropin miqdori 
kamayadi va mos ravishda bo‘yning o‘sishi ham sekin- 
lashadi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling