Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari


Diafragma va servikal qalpoqchalar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/97
Sana11.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1766811
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Diafragma va servikal qalpoqchalar
Diafragma — rezinadan tayyorlangan gumbazsimon, 
tevaragi egiluvchan halqadan iborat bo‘lib, jinsiy yaqin- 
lashuvdan oldin qinga kiritiladi. Servikal qalpoqcha 
bachadon 
bo‘yniga kiygizilib, sprematozoidlarning 
bachadon bo‘yniga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Ta’sir qilish mexanizmi: 
Diafragma va qalpoqcha
bachadon bo ‘shlig‘i ham da shahvat-sperma orasida 
to‘siq vazifasini o‘taydi. Diafragma va qalpoqcha bilan 
birgalikda sprematsidlarni qo‘llash ham shahvat faoll- 
gining nihoyatda pasayishiga sabab boladi.
Samarasi va afzalliklari: Diafragma va servikal 
qalpoqchalarning samarasi boshqa turdagi to ‘siqli 
usullar kabi ishonchli va afzaldir. Ushbu usuldan ham 
tug‘ish yoshidagi ayollar va nomuntazam ravishda jinsiy 
aloqada bo‘ladigan ayollarning doimiy ravishda foy- 
dalanishlari maqsadga muvofiqdir. Bu organizmning 
boshqa sistemalariga ta’sir etmaydi.
Erkaklar prezervativdan ko‘ra qulayroq va ustunroq 
tomonlaridan biri, aloqa paytida o‘z-o‘zini boshqarish 
va jinsiy yaqinlashuvdan ancha oldin qinga kiritib 
qo‘yish imkoniyatiga egaligidir.
Kamchiliklari: Diafragma va qalpoqchalar mutaxas- 
sis vrach tomonidan, har bir ayol bachadonining o ‘ziga
192


xos xususiyatlarini bisobga olgan holda unga tegishli 
katta-kichiklikda tanlanishi, undan foydalanish yo‘l- 
yo‘riqlari o‘rgatilishi kerak. Bu usul, ayniqsa, an’anaga 
ko‘ra jinsiy organlarga, qo‘l bilan tegish man etilgan 
guruhlarga taalluqlidir.
Noxush ta ’sirlari: 
Jinsiy aloqadan so'ng diafragma
qin ichida 6 soat, qalpoqcha esa 24 soat davomida qo- 
lishi mumkin. Agar bundan ko‘proq vaqt qolib ketadi- 
gan bo‘lsa, ko‘ngilsiz asoratlar qoldiradi: allergik reak- 
siyalar, mikrotravmalar va b a’zida infeksion toksik 
shokni keltirib chiqarishi mumkin.
Tavsivalar: Tug‘ruqdan so‘ng, bola tushishi yoki 
sun'iy oldirish va kichik tos sohasida o ‘tkazilgan har xil 
jarrohlik muolajalari, bachadon o ‘lchamining o ‘zga- 
rishiga sabab b o ‘ladi. Shuning uchun diafragma va 
servikal qalpoqchalarning o'lchamlari yuqoridagi kabi 
holatlardan so‘ng, albatta, qayta tiklanishi darkor. 
Shuningdek, bu usuldan quyidagi sabablarda: spermitsid 
yoki diafragma va qalpoqchalarga nisbatan shaxsiy sez- 
girlik kuchayganda, qin avtonomiyasi o‘zgarganda, jin ­
siy yaqinlik paytida og‘riq hissi paydo bo ‘lganida, 
anamnezdagi infeksion-toksik shok holati kuzatilganda 
hamda tug‘riqdan so‘ng dastlabki 12 hafta davomida 
foydalanish man etiladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling