Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet11/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

To‘rtinchi davr — maktab yoshi boladagi asosiy o‘zgarishlar: ko‘zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorliqdan iboratdir. Bu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo‘lib, ular ijobiy xislatlari yetarli bo‘lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi,
39
muammolarni hal qilishda akl-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr — o‘spirinlik betakror xislati, o‘ziga xosligi, boshqa odamlardan keskin farqlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o‘spirinlik shaxs sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati "rolini kechiktirish"ning o‘zgarishi hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning ko‘lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, shuningdek, rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘zini o‘zi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil taxdil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qizikish, patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) jarayonlarni va ularningturli ko‘rinishlari namoyon bo‘lishini bayon qiladi.
Oltinchi davr — yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.
Yettinchi davr — yetuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) mahsuldorliktuyg‘usi uzluksiz hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling