Psixologiyasi
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson sifatida o‘z burchini uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidlilik, ko‘ngil sovish tuyg‘ularini aytish mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lish, har bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash bu yoshdagi odamlarga xos eng muhim jihatlardir.
E.Shpranger "O‘spirinlik davri psixologiyasi" nomli asarida budavrga 13—19 yoshli qizlarni, 14—22 yoshli yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, bu yosh davrida yuz beradigan asosiy o‘zgarishlar: a) shaxsiy "Men"ni kashf qilish; b) refleksiyaning (o‘zini o‘zi va o‘zgalarni anglash) o‘sishi; v) o‘zining indivi- 40 dualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish; g) hayotiy ezgu rejalarning paydo bo‘lishi; d) o‘z shaxsiy turmushini ongli holda qurishga intilish va hokazolardir. 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘smirlarda o‘zlariga kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg‘usi paydo bo‘lishidan iboratdir. 17—21 yoshlilarning yana bir xususiyati ularda teng-qurlaridan "ajralish" inqirozi va tanholik istagining paydo bo‘lishidir. Bu holat tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi. E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari hisoblanadilar. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening aql-idrok nazariyasi akd-idrok funksiyalari (vazifalari) hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funksiyalari (vazifalari) uyushqoqlik va moslashish, ko‘nikishdan iborat bo‘lib, akl-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi. Muallif intellektni (aqlni) quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) sensomotor (hissiy-harakat) intellekti (tug‘ilishdai 2 yoshgacha); 2) operasiyalardan (fikriy harakatlardan) ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha); 3) yaqqol xatti-harakat davri (7—8 yoshdan 11—12 yoshgacha); 4) rasmiy sa’y-harakatlar davri. J.Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyachilarga qo‘shish mumkin. Bu yo‘nalishning namoyandalari L.Kolberg, D.Bromley, J.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardir. A.Vallon (Fransiya) nuqtai nazaricha, yosh davrlari quyidagi bosqichlarga ajratiladi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri — tug‘ilgandan 6 oylikkacha; 3) emosional (his-tuyg‘u) davri — 6 oylikdan 1 yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha; personologizm (shaxsga aylanish) davri — 3 yoshdan 5 yoshgacha; farqlash davri — 6 yoshdan 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri — 12 yoshdan 18 yoshgacha. Yana bir fransiyalik yirik psixolog R.Zazzo o‘z vatanidagi ta’lim va tarbiya tizimining prinsiplaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni boshqacha talqin etib, insonning ulg‘ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi: Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling