Psixologiyasi
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam (individ)lik davri
- Inson davri
Murtaklik davrini kamolot bosqichiga kiritgan tadqiqotchilar A.Vallon va D.Bromley hisoblanadi. Jumladaan, D.Bromley myazkur davrni quyidagi bosqichlarga ajratib tahlil qilishni tavsiya qiladi: zigota — embrional — homila — tug‘ilisholdi. A.Vallon esa ontogenezning tarkibiy qismi sifatida uni kamolot bosqichi qatoriga kiritadi.
Biz (E.Gʻoziyev) yaratgan komil inson konsepsiyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bizning ta’kidlashimizcha, homilalik — embrional davr bosqichi bo‘lg‘usi shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etib, jismoniy barkamollikning, nerv sistemasi, bosh miya katta yarim sharlari, hissiy bilish, tana a’zolari paydo bo‘lishining va o‘sishining manbai vazifasini bajaradi. Ushbu bosqichda quyi-dagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: — homilaning jismoniy o‘sishini uzluksiz ravishda ta’minlash uchun oqsillar, vitaminlar va boshqa turdagi oziqalarga nisbatan tabiiy ehtiyojini qondirib turish; 49 unga salbiy ta’sir etuvchi qo‘zg‘atuvchilardan saqlanish, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otuvchi hodisalar to‘g‘risida ko‘proq o‘ylash; qaltis jismoniy va somatik harakatlardan o‘zini tiyib turib, uzluksiz ravishda zo‘riqishning oldini olish; homilaga sensor ta’sir o‘gkazishni odatay psixologik holatga aylantirish; kontakt va distant moslama vositalaridan foydalanish; shaxslararo munosabatda muloqot maromlariga rioya qilish; — bioritmika va psixometriya qoidalaridan og‘ishmay foydalanish; — ijtimoiy hodisalarga nisbatan loqaydroq munosabatda bo‘lish va hokazo; Odam (individ)lik davri tug‘ilganidan to unda nutq paydo bo‘lguncha qadar vaqt birligini qamrab oladi. Uning muhim tomonlari mana bunday holatlarda ko‘zga yaqqol tashlanadi : embrional davridagi plansentar sistemasi o‘rnini oral (mustaqil hazm qilish) egallaydi, ya’ni mustaqil nafas olish, qon aylanish va boshqalar chaqaloqda tabiiy ravishda yuz bera boshlaydi; tabiiy holatlarga va muhitga moslashish (adaptasiya) tevarak-atrofini bilish boshlanganligidan dalolat beradi; har xil turdagi harakatlarni amalga oshirish, jismlarni ushlash, ularga intilish, narsalarni bilishga nisbatan harakatini biddiradi; —- ota-onani va qarindosh-urug‘larni tanish, sezgi, idrok, xotira jarayonlari o‘sishini anglatadi; — jismlarga razm solish, uning tuzilishi va rangi bilan qiziqish yaqqol tafakkurning ifodasidir; — unda emosiya va hissiyotning paydo bo‘lishi muomalaga kirishish ehtiyojini namoyon etadi; — emaklash, tikturishga intilish uquvining paydo bo‘layotganligi fazoviy tasavvurni aks ettiradi va boshqalar. Inson davri o‘zini o‘zi anglashdan boshlanib, jismoniy, aqliy va ijtimoiy kamolotga erishuv jarayoni amalga oshishi bilan tugallanadi. Ushbu davrda alohidalikxa oid xususiyatlar quyidagilarda o‘z aksini topadi: Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling