Pul, kredit va banklar


 O’zbekiston Markaziy banki, uning maqsadi va vazifalari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
11.2. O’zbekiston Markaziy banki, uning maqsadi va vazifalari
 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, sobiq ittifoq davlat banki 
bazasida O’zbekiston Respublikasining ikki pog’onali bank tizimi tashkil etildi. 
Shu davrdan boshlab, uning birinchi pog’onosida Markaziy bank, ikkinchisida esa 
kredit muassasalari (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, 
lombardlar) faoliyat yurita boshladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqillikning dastlabki yilarida 
o’z faoliyatini “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonun asosida amaga 
oshirdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, etmish yildan ortiq markazdan 
rejalashtirish sharoitida faoliyat yuritib kelgan bank tizimining maqsadi, 
majburiyati, vazifalari va ishlash tartibi yangidan tashkil etilgan ikki pog’onali 
bank tiziminikidan tubdan farq qilar edi. Shu jihtdan ham uning bazasida tashkil 
etilgan bank tizimi oldida juda katta va mas’uliyatli vazifalar turar edi. Xususan, 
mamlakatda iqtisodiy jarayonlarni to’xtatmagan holda bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
asoslangan kredit muassasalari tizimini tashkil etish, muomalaga milliy valyutani 
joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari bilan uzoq yillardan beri davom etib kelgan 
hisob – kitoblarni amalga oshirish va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Markaziy bankining tashkil etilishi, 
uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit muassasalari faoliyati 
ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan bog’liq vazifalari doimiy ravishda 
takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro bank andozalariga o’tib bormoqda. 
Markaziy bank iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan, yuridik maqomga ega 
tashkilot hisoblanadi. Markaziy bank o’z daromadlari hisobidan xarajatlarni 
amalga oshiradi. Agar uning xarajatlari daromadlarga nisbatan ko’p bo’lsa, ushbu 
farq (zarar) davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Hisobot yilining oxirida 
Markaziy bank ixtiyorida qolgan ortiqcha mablag’ (foyda) to’lig’icha davlat 
byudjeti hisobiga o’tkazib beriladi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Markaziy banki tashkil topganidan buyon 
hisobot yilini moliyaviy zarar bilan qoplamagan, aksincha hisobot yilning 
so’nggida juda katta miqdordagi mablag’ni davlat byudjetiga o’tkazib kelmoqda.


Markaziy bankning asosiy daromad manbalari sifatida tijorat banklariga 
beriladigan qayta moliyalash hisobidan oladigan foizlar, hukumatning oltin va 
valyuta zaxiralarini tasarruf etishdan oladigan foizlar, tijorat banklaridan iqtisodiy 
me’yorlarni buzganligi uchun undiradigan jarimalari, tijorat banklari elektron 
to’lov tizimidan foydalanganliklari uchun to’laydigan to’lovlari va boshqa 
manbalarni keltirish mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan O’zbekiston Markaziy 
banki qisqa muddat ichida banklarning banki sifatida juda katta ishlarni amalga 
oshirdi, shuningdek, uning faoliyati takomillashib va rivojlanib bordi. Buning 
natijasida uning faoliyatini amalga oshirish, huquq va majburiyatlarini 
belgilaydigan alohida huquqiy hujjatni qabul qilish zaruriyati vujudga keldi. 
Natijada 1995 yil 21 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 9 ta bo’lim va 60 ta moddadan 
iborat bo’lib, Markaziy bankning maqsadi, majburiyat va huquqlarini belgilaydi, 
shuningdek, Markaziy bankning barcha faoliyat turlari mazkur qonunda aniq va 
ravshan qilib belgilab qo’yildi.
Mazkur qonunga ko’ra, Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug’ullanishi, 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga moliyaviy yordam ko’rsatishi va ularning 
kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi ta’qiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30 - moddasiga asosan Markaziy 
bank va uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 
bosh boshqarmalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
muassasalari barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod 
qilinadi, yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno. 
Markaziy bank mamlakat banklarining banki hisoblanib, to’g’ridan – to’g’ri 
aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatmaydi. “Markaziy bank to’g’risida”gi 
Qonunning 31 – moddasida belgilangan holatlar bundan mustasno. Unga ko’ra 
Markaziy bank, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari, ayrim davlat qo’mitasi va muassasalari, 
shuningdek, o’zining huzuridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy 
hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi 
mumkin. 
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlashdan iborat bo’lib, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi 
vazifalarni amalga oshiradi: 

monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni 
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 

O’zbekiston Respublikasida hisob – kitoblarning samarali tizimini tashkil 
etish va ta’minlash;

banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar 
faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, 
mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatli qog’ozlar 
blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash; 

O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin – valyuta rezervlarini, 
kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo’shgan holda, saqlash va tasarruf etish; 



mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi.
Markaziy bank o’tgan yil faoliyatini mustaqil auditor tashkilotlar 
tekshiruvidan keyin hisobotni keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Oliy 
Majlis Senati ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi va hisobot beradi.  
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy 
bank siyosati va faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi, bankni 
boshqaradi. Boshqaruv o’n bir kishidan iborat bo’ladi. Boshqaruv tarkibiga 
Markaziy bank Raisi, uning o’rinbosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo’linma 
rahbarlari kiradi. 
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o’tkazib turiladi, boshqaruv 
majlisida quyidagi masalalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi:

monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarini, shu jumladan, Markaziy 
bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko’lami, Markaziy bankning hisob va 
ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy 
rezervlari normasini belgilaydi;

Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi; 

Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi; 

banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek, 
pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi; 

O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va 
shartlarini tasdiqlaydi;

banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o’tkazish 
qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko’rib chiqadi;

bank faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni 
chaqirib olish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatli qog’ozlar blankalari 
ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi; 

Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; 

Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta 
tuzadi va tugatadi; 

Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi; 

Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko’rib chiqadi; 

Markaziy bankning tarkibiy bo’linmalari, muassasalari va korxonalari 
rahbarlarini tasdiqlaydi; 

Markaziy bank tarkibiy bo’linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari 
rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi; 

Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo’shatish, ularning 
mehnatiga haq to’lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aktsiyalar 
sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi; 

Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko’rib chiqadi va 
hal qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Markaziy banki mamlakat banklarining 
banki hisoblanib, milliy valyutaning barqarorligiga, kredit muassasalarining 


moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat yuritishiga mas’ul bo’lgan davlatning 
moliyaviy tashkiloti hisoblanadi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling