Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Metall pullar 
Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining tezlashuvi va mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarning 
takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan turli xil mehnat qurollarini yasab 
kundalik hayotida foydalandilar. Shu bilan birga, ushbu mehnat qurollari to‘lov vositasi 
vazifasini ham bajardi. Keyinchalik esa metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. 
Bularning barchasi ayirboshlash munosabatlari jarayonida foydalanib kelinayotgan natural pul 
shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi. 
Metaldan yasalgan mehnat qurollarining to‘lov vositasi sifatida foydalanganligining 
xususiyati shunda ediki, kishilar metaldan tayyorlangan bolta va shunga o‘xshash narsalardan 
to‘lov vositasi sifatida foydalangan bo‘lsada, ular boshqa maqsadda, ya’ni kundalik hayotda 
foydalanish uchun yaratilgan edi. Masalan, kishilar metaldan yasalgan boltadan ayirboshlash 
vositasi sifatida keng foydalangan, lekin u to‘lov vositasini bajaradigan tanga ko‘rinishiga ega 
bo‘lmagan. Odamlar stixiyali ravishda metalldan yasalgan boltani to‘lov vositasi o‘rnida 
foydalanishgan.
Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishi, yuqorida ta’kidlanganlardan 
tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan.
1.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi. Ta’kidlaganimizdek, bolta 
va shunga o‘xshash temir qurollardan pul vositasi sifatida foydalanilgan, lekin ularni puldan 
foydalnishning metall davri deb yurita olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining 
funktsiyalari boshqa bo‘lgan. Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‘p davrlar 
o‘tishi bilan unga ishlov berish yo‘llarini o‘rgandilar. Bu o‘z – o‘zidan metall tangalarni zarb 
etishga turtki bo‘ldi.
2.Davlatchilikning paydo bo‘lishi. Metall kashf etilib, odamlarga unga ishlov berish 
yo‘llari ma’lum bo‘lgandan so‘ng, ma’lum hudud va qabilalar alohida kishilarning hukmronligi, 


xonligi va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‘z o‘zidan o‘sha davrning hukmroni, xoni 
yoki qirolining maqieni oshirish, o‘zining chegaralarini mustahkamlash va qonunlarini yuritish 
zaruriyatini keltirib chiqardi. Bularning barchasi turli tasvirlar va yozuvlar tushirilgan tangalarni 
zarb etishga asos bo‘ldi.
3.Kishilar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi natijasida ushbu 
jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir qop bug‘doyni bitta boltaga ayirboshlashi 
uchun temirchi kosibning hoxishi dehqonning hoxishiga mos kelishi lozim. Ya’ni mazkur 
holatda, temirchining bir qop bug‘doyga ehtiyoji bo‘lishi kerak. Biroq, temirchiga bir qop 
bug‘doy emas, balki bitta qo‘y kerak bo‘lsa, u holda dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi, 
so‘ngra qo‘yni temirchiga olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi. Ko‘rinib turibdiki, 
kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash hajmining ortishi natural 
pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi. 
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. Alabatta, o‘sha paytlarda 
pulning vazifasini bajargan bolta yoki boshqa mehnat qurollarini saqlash qiyin bo‘lmagan 
bo‘lsada, lekin ularni olib yurish va xavfsizligini ta’minlash odamlarga turli noqulayliklarni 
keltirib chiqargan. Pulning vazifasini bajargan bug‘doy, jun, qo‘y yoki boshqa shunga o‘xshash 
narsalar esa vaqt o‘tishi bilan buzilgan, o‘zining dastlabki xususiyatini yo‘qotgan. Shu bilan 
birga, ularni olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan. 
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni muomalaga to‘lov vositasi sifatida 
kirib kelishiga zamin yaratdi.
Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lsa, 
keyinchalik to‘rtburchak, uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan.
Vaqt o‘tishi bilan temir tangalar o‘rnini bronza, kumush va oltin egalladi, 3–rasmga 
qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‘lov vositasini bajarganda ularning baho masshtabini 
tanganing og‘irligi bilan anqilangan. Keyinchalik bronza, mis va oltin tangalar to‘lov vositasini 
bajarganda esa baho masshtabi qimmatbaho metallarning nafaqat og‘irligi, balki ularning 
xossalari orqali ham aniqlanadigan bo‘ldi.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning vazifasini bajarganda 
iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar 
haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan asl pul hisoblanib, uning hajmi tovar massasasiga nisbatan 
avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi. Ya’ni, agar iqtisodiyotda tovar massasi oltin massasi 
(qiymati)ga nisbatan kam bo‘lsa muomaladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga 
joylashtiriladi. Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam 
bo‘lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‘lar muomalaga chiqarish orqali o‘zaro 
muvozanat ta’minlanadi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling