Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Elektron pullar 
Banklarning rivojlanishi, o‘zaro to‘lovlar va hisob – kitoblar hajmining ortishi, shuningdek
texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX asrning ikkinchi yarmidan elektron 
pullar vujudga keldi. Elektron pullarning to‘lov instrumenti bo‘lib – plastik kartalar 
hisoblanadi. 
Plastik karta – bu pullarni naqdsiz ko‘rinishda ko‘chirish yoki naqd pul ko‘rinishda olish 
imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli 
to‘lov hujjat hisoblanadi.
Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari juda ko‘p. 
Xususan: 
– kishi 1, 2, 3 mln so‘mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada bunday 
muammo mavjud emas; 


 – hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz ularni begona 
shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona shaxslarni foydalanish imkoniyati 
juda chegaralangan. Chunki ularning maxsus paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani 
yo‘qotgan shaxs zudlik bilan bankka xabar bersa uning hisobraqamlari bo‘yicha to‘lovlarni 
to‘xtatib qo‘yish mumkin; 
banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va mijozlarga berish 
kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi; 
– banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi vaqtinchalik 
foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‘shimcha foiz to‘lashi mumkin. 
O‘zbekistonda plastik kartochkalarni joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Plastik kartochkalar asosida 
hisob – kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” 445 – sonli 
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi “Plastik kartochkalar 
asosida naqd pulsiz hisob – kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora – 
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 433 – sonli va 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan 
foydalangan holda hisob – kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 1325 – sonli Qarorlari shular jumlasidandir. 
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‘z plastik kartochkalariga ega bo‘lib, ularning soni 
yildan – yilga ortib bormoqda. 
O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan hisob – kitoblar 
samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 
– savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish uchun 
terminallarni ko‘paytirish;
– ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazish jarayonini 
yanada takomillashirish; 
– barcha bank bo‘limlari boshqa banklarning plastik kartochkalari bo‘yicha ham naqd 
pullarni yechishlishini ta’minlash kabi ishlarni yo‘lga qo‘yish lozim. 
Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha Markaziy bank va tijorat banklari, tegishli 
muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalaritomonidan amlaga oshirilayotgan ishlar plastik 
kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi. 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling