Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
 
Pul a yl anm asi tarki bi 
Chizmadan ko‘rinib turganidek, pul aylanmasini to‘rtta yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchi yo‘nalish, pul mablag‘lari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va naqdsiz pul 
aylanmasidan tashkil topgan.
Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan sub’ektlar joylashuviga ko‘ra, bir 
shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat.
Uchinchi yo‘nalish, pul funktsiyalarining namoyon bo‘lishiga qarab muomala vositasi va 
to‘lov vositalarini o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchi yo‘nalish, tovar – pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra, tovarli pul oboroti 
va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Pul aylanamasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmining past yoki 
yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat: 
– mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy, iqtisodiy va 
huquqiy ongi; 
– milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi; 
– mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi ishonchining 
musthkamligi; 
– real sektorning rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi; 
– Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha mustaqilligining 
ta’minlanganlik darajasi. 
Naqd pul va naqd pulsiz hisob – kitoblari o‘rtasida juda yaqin bog‘liqlik mavjud bo‘lib, 
naqd pullar naqdsiz pul ko‘rinishiga, naqdsiz pullar naqd pul ko‘rinishiga o‘tish orqali ular 
doimiy ravishda bir – birini to‘ldirib turadi. Masalan, korxona va tashkilotlarning bankdagi 
naqdsiz pullari ishchi xodimlarga naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida 
beriladi. Aholining qo‘lidagi naqd pullar esa banklarga omonat sifatida qo‘yilganda banklar 
uchun kredit resursi sifatida naqdsiz pul ko‘rinishida maydonga chiqadi. Shu tariqa naqd pul va 
naqd pulsiz aylanmalar bir – biriga chambarchas aloqadorlikda amal qiladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling