Pul, kredit va banklar
Naqd pul aylanmasini tashkil etish
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda va naqd pulli hisob – kitoblarni tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi
2.2. Naqd pul aylanmasini tashkil etish
Avvalgi bo‘limlarda ta’kidlaganimizdek, pul aylanmasi naqd pulsiz va naqd pulli hisob – kitoblardan tashkil topadi. Naqd pulli hisob – kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblarning ulushi sezilarsiz darajada bo‘lib, taxminan 5 – 12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining pastligi yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya – kredit tizimi va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator omillar bilan izohlanadi. O‘zbekistonda pul muomalasini tashkil etish va naqd pulli hisob – kitoblarni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005 yil 20 avgustdagi 18/1 – sonli qarori bilantasdiqlangan, Adliya vazirligida 2005 yil 10 oktyabrda 1518 – son bilan ro‘yxatga olingan «O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risida»gi (avvalgi 6 – sonli) yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda va naqd pulli hisob – kitoblarni tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi: 1. Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qiladi; 2. Pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi; 3. Naqd pullarni tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, saqlash va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi. Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qilish tartibi. Naqd pul aylanmasini xomcho‘t qilish tijorat banklarining aylanma kassalarini xomcho‘tini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Markaziy bank Hisob – kitob kassa markazlari (HKKM) va tijorat banklarining tegishli hududlar bo‘yicha aylanma kassalarni xomcho‘tini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qilib boradi. Banklarning kassa aylanmalari xomcho‘ti ma’lum davrlar uchun naqd pullarning tushumi va chiqimi asosida tuziladi. Banklar kassa aylanmalari xomcho‘tini tuzish uchun o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslardan ularning depozit hisobvarag‘i bo‘yicha har chorakning boshlanishidan 30 kun oldin buyurtmanomalarini oladilar. Bank bo‘limi xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning asosiy depozit hisobvarag‘i bo‘yicha aylanma kassa xomcho‘ti asosida bankda naqd pullarning tushum manbalari va chiqim moddalarining yig‘ma qaydnomasini tuzadi. Ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan tuzilgan aylanma kassa xomcho‘ti amaliyotda doimo ham bajarilavermaydi. Ushbu holat ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan izohlanadi. Albatta, bu ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, banklar o‘z majburiyatlarini to‘liq ravishda bajarmasligi aholi va mijozlarning ularga bo‘lgan ishonchini pasayishiga sabab bo‘ladi. Banklar yuridik shaxslardan olgan choraklik aylanma kassa xomcho‘tini oyma – oy taqsimlab chiqadilar. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: – har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari; – chakana tovar aylanmasi, ish haqi fondlari hajmining oylar bo‘yicha o‘zgarib turishi mumkinligi; – aholining soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari. Tijorat banklari aylanma kassa xomcho‘tini yangi chorak boshlanishidan 15 kun oldin Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga taqdim etadi, ular esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha umumlashtirilgan aylanma kassa xomcho‘tlarini chorak boshlanishidan kamida 5 kun oldin Respublika Markaziy bankiga taqdim etadilar. Tijorat banklari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari kassa aylanmalari xomcho‘ti bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo‘shib jo‘natishlari lozim. Tushuntirish xati qisqa bo‘lishi kerak, unda kassa aylanmalarining to‘liq asoslangan xomcho‘ti hamda o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘zgarishlarga tushuntirishlar beriladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling