Pul, kredit va banklar


Naqd pul muomalasining o‘rni va zaruriyati


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

3.3. Naqd pul muomalasining o‘rni va zaruriyati 
Bugungi kunda jahon hamjamiyati erishgan yuksak texnologik yutuqlaridan 
foydalanilgan holda pul muomalasida naqd pullar o‘rnini bank (yoki boshqa kredit 
tashkilotlari) hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar va turli elektron to‘lov hujjatlari 
egallab borayotganligiga qaramasdan barcha mamlakatlar iqtisodiyotida naqd pul 
muomalasi saqlanib qolmoqda.
Naqd pul muomalasining ulushi Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh kabi 
yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarda umumiy pul aylanmasining 1 – 6 
foizini tashkil etgan bo‘lsa, iqtisodiyoti o‘tish jarayonidagi va ayrim 
rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
Mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, eng 
rivojlangan mamlakatlarda ham naqd pul muomalasi hali o‘zining muqim o‘rnini 
egallab turibdi. Shuning uchun ham naqd pul muomalasini tashkil etish bilan 
bog‘liq masalalar hali birorta mamlakatning kun tartibidan olib tashlangani yo‘q. 
Shu o‘rinda, haqli savol tug‘iladi. Nima uchun, eng rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotida ham naqd pul muomalasi hanuz saqlanib qolmoqda? Qanday omillar 
borki, ularning ta’siri ostida naqd pullar o‘rnini eng zamonoviy texnik vositalar 
ham bosa olmayapdi.
Naqd pul muomalasini saqlanib qolishiga avvalo, aholi o‘rtasida kichik 
hajmdagi chakana va uyushmagan savdo hamda naqd pulli xizmatlarning 
mavjudligi sabab bo‘lmoqda. Bunday savdo va xizmatlar uchun to‘lovlarni texnik 
vositalar qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin emas. Har qanday kichik 


savdo shahobchasiga, barcha transport vositalariga yoki aholiga madaniy– maishiy 
xizmat ko‘rsatuvchi hamma kichik korxonalar (firmalar)ga ham qimmatbaho 
qurilmalar bo‘lmish bankomat va terminallar o‘rnatish iqtisodiy jihatdan samara 
beravermaydi. Qolaversa, bugungi kunda eng rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotida ham yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati saqlanib qolmoqdaki
ushbu faoliyatni amalga oshirish albatta, naqd pullardan foydalanishni taqozo 
etmoqda. Bizning Respublikamizda esa ushbu omilning ta’siri juda kuchli. 
Chunki, aholining tomorqa xujaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni dehqon 
bozorlarida sotish mutloqo naqd pul yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasini saqlanib qolishiga nafaqat ayrim tovarlar va 
xizmatlarni naqd pulsiz to‘lab berish imkoniyati mavjud emasligi, balki naqd 
pullarning yuqori likvidlik qobiliyatiga ega ekanligiham katta ta’sir 
etadi.Iqtisodiyotdagi barcha aktivlarlarning sifat darajasi ularning qancha daromad 
keltirish qobiliyati bilan bir qatorda likvidlik, ya’ni qo‘shimcha xarajatlarsiz pulga 
aylanish qobiliyati bilan ham baholanadi. Naqd pullar mutloq likvidli aktivlar 
hisoblanadi. Bank hisobvaraqlaridagi naqdsiz pul mablag‘lari ham likvidlik 
darajasi bo‘yicha naqd pullarga qaraganda past likvidli aktivlar hisoblanadi. Naqd 
pul banknotlari va tangalar muomalaga yagona emissiya banki – Markaziy bank 
(Milliy bank, Federal zaxiralar tizimi) tomonidan chiqariladi va ular yuqori likvidli 
aktivlar (oltin, xorijiy davlatlar valyutasi va boshqa yuqori likvidli majburiyatlar) 
bilan ta’minlangan. Shuning uchun barcha aktivlarning, jumladan plastik 
kartochkalar, bank omonatlari yoki boshqa depozitlaridagi mablag‘larning ham 
likvidlilik darajasi naqd pulga aylanish qobilyati bilan o‘lchanadi. 
Shuningdek,naqd pullar ishonchli va oson to‘lov vositasidir. Bugungi kunda 
erishilgan eng qulay va mukammal texnik vositalar ham har qanday pulli hisob – 
kitoblarni naqd pulchalik tez va oson bajarishga qodir emas. Tovarlar va xizmatlar 
uchun to‘lovlar naqd pullar bilan amalga oshirilganda, sotuvchida ham oluvchida 
ham o‘z xatti harakatlaridan hech qanday shubhaga o‘rin qolmaydi.
Bundan tashqari, naqd pullarning yashovchanlik qobiliyati, uning odamlar 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling