Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

9.3. Bank krediti 
Bank krediti – kreditning eng rivojlangan shakli bo’lib, ushbu kredit 
tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo’sh pul mablag’larni jalb qilish 
hisobiga, qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug’ilgan yuridik va 
jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning shakllari tarkibida bank krediti 
asosiy ulushga ega bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar 
asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida, banklar ushbu mablag’lar 
hisobidan foyda topish maqsadida, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga 
bank krediti shaklida joylashtiradi. 
Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda afzalliklari juda 
ko’p bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt istagan paytda va miqdorda kredit 
olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bank krediti pul shaklida 
namoyon bo’ladi, shu bois bu sharoitda kreditning ob’ekti bo’lib pul kapitali 
hisoblanadi. Bank krediti qarz oluvchiga pul shaklida berilishi tufayli tijorat 
kreditining hajmini chegaralashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Pul shaklida 
olingan kredit qarz oluvchi tomonidan korxona ishlab chiqarish faoliyatining 
istagan jarayoniga yo’naltirish imkoniyatini beradi. 
Bank kreditini yo’naltirish va qarz oluvchi tomonidan foydalanish 
maqsadiga qarab turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, bank krediti ishlab 
chiqarishni kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga 
yo’naltirilsa, bank krediti ssuda kapitali bo’ladi. Agar bank krediti xo’jalik
yurituvchi sub’ektning kassadagi mablag’larning etishmasligiga yo’naltirilsa 
bank krediti pul ssudasi deyiladi. Pul ssudasi faqat xo’jalik faoliyatining 
oborot kapitalini to’xtovsiz davom etishini ta’minlaydi, lekin uning 
miqdorini ko’paytirishga olib kelmaydi. Ssuda kapitali esa qarz oluvchining 
kapitali miqdorini ko’paytiradi. 
Banklar turli toifadagi kredit oluvchilarga bank kreditini beradi. 
Xususan, korxonalar, korporatsiyalar, aholi, kredit muassasalari, mahalliy 
xokimiyatlar 
shular 
jumlasidandir. 
Kredit 
oluvchilar 
faoliyatining 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, banklar bilan kredit munosabatlarini 
tashkil etadi. Kredit munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat ular 
o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hisoblanadi.


Bank kreditlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning takror ishlab 
chiqarish jarayonini to’xtovsizligini ta’minlashga va oborot mablag’larining 
hajmini oshirishga yo’naltiriladi. Bank kreditlari muddati jihatidan qisqa va 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling