Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
funktsiyasi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu funktsiyani barcha banklar
bajarish huquqiga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funktsiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining pastligi belgilaydi. Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini o’zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir. Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funktsiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga o’zlarining huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o’rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar yoki o’zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, banklarning funktsiyalari ularning mohiyatini va bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy – iqtisodiy hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi. 10.3. Banklarning turlari Kapitalistik tuzumning rivojlanishi turli mulkchilik shakllarining rivojlanishiga, moliyaviy mablag’larning alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko’pchilik kapitalistik mamlakatlarda ayrim banklarning milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o’z navbatida banklarning mulkiy, huquqiy, funktsiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari bo’yicha tavsiflanishiga sabab bo’ldi. Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar bo’yicha tavsiflanadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling