Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi funktsiyasi
Birinchi funktsiyasi, vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jalb qilish,
jamg’arish va ushbu mablag’larni kapitalga aylantirish funktsiyasi. Banklarning juda qadimiy funktsiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’zlariga jalb qiladi va ushbu mablag’larni samarali yo’nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari turli investitsion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag’larini jalb qilish va jamg’arish bilan shug’ullanadi, biroq ularning pul mablag’larini jalb qilish va jamg’arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning itiyorida bo’lgan mablag’larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul mablag’lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shaxslarning mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada riskka bog’liqligini keltirib chiqaradi. Ikkinchi funktsiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo’shimcha aktsiyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo’shimcha moliyaviy mablag’larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funktsiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funktsiyani amalga oshirishda kreditning tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tijorat asosida taqdim etadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling