Pul mablag’lari hisobi mundarija


Naqd va naqdsiz pul mablag’lar hisobi


Download 51.63 Kb.
bet4/11
Sana10.04.2023
Hajmi51.63 Kb.
#1348251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi 22 (2)

2. Naqd va naqdsiz pul mablag’lar hisobi
Kassa muomalalarini yuritish qoidalari yuridik Shaxslarning pul mablag‘larining tashkil topishi, saqlanishi va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat qilinadi. 1998 yil 12 dekabrda ro‘yhatga olingan va 1998 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Yuridik Shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da 3batafsil eritib berilgan.
"Yuridik shaxslarning kassa muammolarini yuritish qoidalari"da barcha yuridik Shaxslar quyidagilarga amal qilishi shart:

  • mulkchilik shaklidan qat’iy nazar pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart;

  • yuridik shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar ishtirokidagi hisoblashlar faqat bank muassasalari orqali hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida amalga oshirilishi zarur;

  • bank muassasasidan olingan naqd pullar qaysi maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarga sarflanishi mumkin;

  • tashkilot o‘z kassasida faqat bank muassasasi raxbari tomonidan tashkilot raxbari bilan kelishilgan xolda belgilangan limit chegarasida naqd pul saqlashi mumkin;

  • tashkilot o‘z kassasida limitdan ortiqcha naqd pullarni faqat mexnat haqi, stipendiya, mukofot, nafaqa berish vaqtida 3 kun muddatda saqlaShi mumkin;

  • savdo va xizmat ko‘rsatish soxalaridan kelib tushgan tushumlarni mexnat haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun sarflash taqiqlangan;

  • xizmat safarlari uchun beriladigan pul qiymati o‘sha hududda belgilangan sarf-xarajatlar me’yorida bo‘lishi zarur;

  • sarflanmagan naqd pullar tashkilot kassasiga 3 kun ichida qaytarilishi Shart va naqd pul olgan hisobdor shaxs buxgalteriyaga avans hisoboti topShirishi Shart.

Pul mablag‘larining saqlanishi va ularning to‘gri foydalanish javobgarligi korxona raxbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolari qoidalariga rioya qilishi va ularni belgilangan qat’iy tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishlari zarur.
Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruk chiqkanidan sung korxona rahbari uni o‘pimalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tugilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishini tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) uning tegishili boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga utkazadi. Bunda kayta hisoblashish natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi.
Korxona rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan shart sharoitlarni yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf o‘rnatilishi zarur. Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi shart. Seyf kaliti va muxr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan paketlar, kutichalarda korxona rahbarida turadi.
Kassir nakd pul belgilari va tangalarni kassaga qabul kilib olishda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining to‘lovga yaroklilik alomatlarini aniqlash qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ishonchliligiga shubha tugdirmaydigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Gerbining tasviri ataylab buzish alomatlari bulmagan, shuningdek bo‘zilish tarzidan qat’iy nazar yuza tomoni (ungi)da qiymatining to‘liq miqdori va tasviri saqlangan harfli seriya va rakamlari to‘liq saqlangan qogoz pullar va tangalar to‘lovga yaroqli hisoblanadi.
Quyidagi kamchiliklarga ega bo‘lgan qogoz pullarni korxonalar tushum sifatida so‘zsiz qabul qilishi va bankka topshirishi shart:

  • istalgan joyida teshiklar, yirtiqlar, kirilgan joylar, dog’lar, qalam va siyohda yozilgan yozuvlar bo‘lgan qog’oz pullar;

  • yirtilgan va shu yirtilgan joyidan elimlab yopishtirilgan, lekin ikkala qism ham bir qogoz pulga tegishli bo‘lgan qogoz pullar;

  • buyoq tegib, o‘z rangini o‘zgartirgan joylari bo‘lgan qogoz pullar;

  • to‘liq kattaligi saqlanib qolmagan qog’oz pullar.

Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari harajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitantsiya (ung qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergal shaxs tomonidan imzolanadi. Kirim orderini kassaga topshirishdan oldin, albatta, kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnalida (KO-3 yoki KO-4 shakli) qayd qilinishi lozim. Jurnal ikki qismdan iborat: chap qismida kassaga kelib tushgan pul mablag‘lari, o’ng qismida sarflangan pul mablag‘lari qayd qilinadi.
Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar quliga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to’g’ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitantsiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitantsiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat tuldirilgan kunda qabul qilinadi. Bankdagi Hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga nakd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvi­tantsiyasi tuldiriladi. Kvitantsiya Hisob-kitob schyotidan pullarni Hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga kushib kuyiladi.
Nakd pullar kassadan kassa chiqim orderlari (KO-2 shakli) yoki kassa chiqim order-larining urnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to‘lov kayd-nomalari. pul berish uchun ariza, hisobvaraqlar va xokazo) asosida beriladi. Pul berishga doyr barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi kaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas.
Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini kayd qilish daftariga kayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarining pul oluvchi shaxs kuliga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga topshirganda uning shaxsini tasdikdaydigan boshqa jujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va rakami, kim tomonidan va kachon berilganligini kassa chiqim orderiga idi xamda oluvchining tilxatini oladi. Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni tasdikdaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart. Korxonaning ruyxati tarkibida bulmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo‘yicha topiladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.
Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo‘lsa, buxgalteriya orderda pul olish qo‘shib topshirilgan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatadi. Agar pul qaydnoma bo‘yicha berilsa, pulni olganligi haqida imzo chektirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo‘yicha» deb yozib qo‘yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda bo‘ladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga kushib kuyiladi. Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yukotganlik nafakasi, pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to‘lov qaydnomalari bo‘yicha har bir xodimga chiqim orderlarini to‘zib utirmasdan beriladi. To‘lov qaydnomaning titul (birinchi) varagiga pul berishga ruxsat berish haqida yozuv qilinadi, uning tagiga korxona rahbary, bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko‘rsatiladi. Agarda xodimlar ushbu qo‘llarni o‘z vaqtida olmasalar (ya’ni 3 kun ichida), ular deponentga o‘tkaziladi. Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning urnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan sung darhol kassir ularga imzo chekadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To‘langan» (chiqim xhujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so‘zlar kulda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi.
Kassa orderiga xech qanday o‘zgarishlarni, xo‘atto izoxo‘larni ham qilishga yul qo‘yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi. Har bir order yoki uning urnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan sung kassir darhol kassa bo‘yicha nakd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni kayd qiladi.
Korxonada faqat bitta kassa daftari yuritiladi. U raqamlangan, shnurlangan yoki mastika muxr bilan muxrlangan bo‘lishi kerak. Kassa daftarida rakamlangan betlar soni ko‘rsatilib, korxona rahbari va bosh buxgal imzosi bilan tasdiqlab quyiladi.



Download 51.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling