Pul va banklar” fanidan


O‘zaro jamg‘arma banklari


Download 7.83 Mb.
bet197/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

O‘zaro jamg‘arma banklari
Tahminan 400 ga yaqin jamg‘arma banklarining yarimi shtat organlari tomonidan litsenziyalangan.Shtat hukumatlari bunday banklarni faoliyatini asosan boshqargan, bitta hisob raqam uchun 250 minga dollargacha summadagi depozitlar omonatlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasi (OSFK) tomonidan sug‘urtalangan.O‘zaro jamg‘arma banklari ishlari ko‘p jihatlari OSFK normalari bilan boshqarilgan, OSFKda sug‘urtalanmagan depozitlar shtat sug‘urtalash fondlari hisobiga o‘z depozitlarini sug‘urtalashadi.
Filiallar ochish bo‘yicha o‘zaro jamg‘arma banklar faoliyati banklar joylashgan shtat organlari tomonidan boshqariladi.Bunday boshqarish normalari juda qattiq emas, o‘zaro jamg‘arma banklari aktivlari 25 mln.dollardan kam darajadadir.176
17.4 Mikrokredit tashkilotlari


BMT tomonidan insoniyatni global muammolarini hal etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun qabo‘l qilingan ming yillik deklaratsiyasida kambag‘allik masshtabini kamaytirish maqsadi qo‘yilgan. Ushbu maqsadga erishishning hayotbaxsh strategiyalaridan biri bo‘lib mikromoliyalashtirish bo‘lib, bu o‘zining samaradorligini ko‘pgina davlatlarda ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda mikromoliyalashtirish tashkilotlari dunyo bo‘yicha 500 mln.dan ortiq mijozlarga xizmat qiladi, ularning jami zayom portfeli 2,0 mlrd.dollardan oshiqdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha mikromoliyalashtirish tashkilotlari 67,6 mln. oilaga foyda keltirmoqda, ularning katta qismi – 37,7 mln. mikromoliyalashtirish programmasiga ishtirok etishni boshlaganlarida juda kambag‘al oilalardan bo‘lganlar.
Mikromoliyalashtirishni tor va keng ma’noda qarash mumkin. Tor ma’noda mikromoliyalashtirish deganda unchalik katta bo‘lmagan kreditlar berish va lizing xizmatini ko‘rsatishga tushuniladi. Keng ma’noda esa, mikromoliyalashtirish deganda mikrokredit va mikrolizingdan tashqari mikrojamg‘armalar, mikrosug‘urtalar, pul o‘tkazmalari va konsalting xizmatlari kabi keng tarmoqli moliyaviy xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Mikromoliyalashtirish tashkilotlari kichik tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash, aholining iqtisodiy aktivligini oshirish hisobidan yashash darajasini rivojlantirish va oilalar daromadini oshirishga yo‘naltirilgandir.
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas. “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlardan farqi, ular qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‘l qilishga ham haqli emas deb ko‘rsatilgan.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabo‘l qilinadi.
Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari mikrokredit yoki mikroqarz berish, qarz majburiyatini sotish yoki sotib olish (faktoring), mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi) va qonun xujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kredit berish bilan shug‘ullanmoqdalar. Mikrokredit tashkilotlari kredit siyosatiga muvofiq o‘rtacha yillik 60 % gacha mikrokreditlar bermoqdalar. Garov, ta’minot sifatida ular tilla taqinchoqlar, avtomobil vositalari va boshqa buyumlar qabo‘l qilishadi.Mikrokredit tashkilotlari o‘z faoliyatini belgilangan qonuniy hujjatlar asosida olib boradilar. Qonuniy baza to‘g‘ri va mustahkam bo‘lsa ularning faoliyati barqaror bo‘ladi.
Bugungi kunga kelib mikrokredit tashkilotlari asosan jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishlari bilan, berilayotgan mikrokreditlarning uzog‘i bilan 3 ish kunida ajratilishi va ular asosan naqd pul shaklida berilishlari bilan tijorat banklarining ko‘rsatilayotgan xizmatlaridan bir muncha ustunlikga ega bo‘lib kelinmoqda.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kredit muassasalari tomonidan iqtisodiyot sohalarini, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni noan’anaviy kreditlash usullarini qo‘llangan holda rivojlantirish aholi bandligi va daromad darajasini ortishiga yordam beradi
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

  • mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;

  • boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi;

  • mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi;

  • mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabo‘l qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  • litsenziya berish haqidagi ariza;

  • mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;

  • mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;

  • mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.

Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan va taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabo‘l qilinadi:

  • mikrokredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;

  • mikrokredit tashkilotining faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar mazkur tashkilot tomonidan bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabo‘l qilinadi:

  • mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda;

  • hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;

  • mikrokreditlar berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabo‘l qilinishi mumkin.
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:

  • mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;

  • qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);

  • mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi);

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.

Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‘l qilishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi:

  • o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari;

  • investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar;

  • banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari;

  • xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari;

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

  • mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini hamda moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarini belgilaydi;

  • mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;

  • mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

  • mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;

  • mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi.

Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.
Mikrokredit tashkilotining filiali o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mikrokredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi barcha mikrokredit tashkilotlari uchun yagona bo‘lgan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Bunda har bir asosiy hisobvaraq yoki asosiy hisobvaraqlar guruhi uchun kontr-hisobvaraqlar mavjud bo‘lib, ulardan faqat buxgalteriya hisobi maqsadlari uchungina foydalaniladi. Balans hisoboti yoki shu kabi boshqa moliyaviy hisobotlarda asosiy hisobvaraqlar aks ettirilib, kontr-hisobvaraqlardagi ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.
Buxgalteriya apparati mikrokredit tashkilotlarining hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobini, hisob hujjatlarini rasmiylashtirish va nazoratini amalga oshiradigan xodimlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tuzilma mikrokredit tashkilotlarining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi.
Har bir mikrokredit tashkilotida xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Mazkur lavozim vazifalarining nusxalari tegishli xodimlarga tanishtiriladi va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‘ydirib beriladi.
Buxgalteriya xodimiga, uning lavozim majburiyatlariga muvofiq ma’lum vazifalarni bajarish yuklatiladi.
Chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat maxsus ajratilgan buxgalter-nazoratchi tomonidan, agar mikrokredit tashkilotida bu lavozim ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari tomonidan mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda mikrokredit tashkilotida chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha kassa chiqim jurnali yuritilishi lozim.
Hisobga olish hujjatlarida mikrokredit tashkilotlari operatsiyalari hisobining yuritilishini tashkil etish va hisobotlar tuzish hamda hisob va hisobotlarning saqlanishi ustidan rahbarlik bosh buxgalterga yuklatiladi, u bo‘lmagan vaqtda, mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida bosh buxgalterning o‘rinbosariga yuklatilishi mumkin.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni davomida mikromoliyalashga oid hisob hujjatlari rasmiylashtirilishi va ushbu hujjatlar asosida amalga oshirilgan operatsiyalar shu kunning o‘zida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.
Har bir mikrokredit tashkilotida tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar aylanish jadvali belgilanadi. Jadvalda hujjatlarning barcha ko‘rib chiqish jabhalari bo‘yicha o‘tish tartibi belgilanadi.
Moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, shuningdek mablag‘lar va qimmatliklarning but saqlanishini tegishlicha nazorat qilish ta’minlanishi lozim.
Kassa chiqim operatsiyalari chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi va nazorat qilinadi. Bosh buxgalter amalga oshiriladigan operatsiyalarning haqqoniyligini, qonun hujjatlariga mosligini, hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshiradi. Kassa chiqim orderi ijrochi direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Kassa chiqim hujjatlarini to‘lov uchun kassaga yo‘naltirilish tartibi mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori va bosh buxgalteri tomonidan o‘rnatiladi.
Kassa kirim operatsiyalarini rasmiylashtirish va mikrokredit tashkiloti kassa hisobvarag‘iga mablag‘larni kiritish faqat kassaga haqiqatda pul kelib tushganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
Bunda kassa kirim orderi 3 nusxada rasmiylashtirilib, naqd pul topshirilgandan so‘ng, uchinchi nusxa naqd pul qo‘yuvchiga kvitansiya sifatida mikrokredit tashkiloti muhri va kassir imzosi bilan qaytariladi, ikkinchi nusxa buxgalteriyaga tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshirish uchun beriladi, birinchi nusxa kassa kunlik hujjatlariga tikiladi.
Mikrokredit tashkilotining bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklardan foydalanish, ularning yo‘qolishi yoki suiiste’molchilik maqsadlarida foydalanish sharoitiga imkon bermaslik uchun tegishli ravishda saqlanishini ta’minlashi shart. Mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida bosh buxgalter muhrlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritadi. Mazkur kitobda muhrlar va burchak muhrlarining hisobi ularni saqlayotgan buxgalter hamda kassirlar familiyasi va lavozimi hamda biriktirilgan burchak muhrlarning izi ko‘rsatilgan holda imzo orqali rasmiylashtiriladi.
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun Bosh va Yordamchi kitoblardan (sintetik va analitik hisob) foydalaniladi.
Bosh kitob bu hisobvaraqlar rejasi nomenklaturasiga mos hisobvaraqlar guruhi bo‘lib, moliya hisobotlarni (balans hisoboti, daromad va xarajatlar to‘g‘risida hisoboti va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladigan yig‘ma ma’lumotlarni aks ettiradi.
Mikrokredit tashkilotlarida bosh kitob kunlik balans shaklida yuritiladi. Bundan tashqari bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi va qoldiqlari ma’lumotidan tashkil topishi mumkin. Bosh kitob ma’lumotlari quyidagi yordamchi kitoblar ma’lumotlari asosida shakllantiriladi:
- pul mablag‘larini hisobga olish kitobi;
- berilgan mikrokredit, mikrolizing, mikroqarz va boshqa mikromoliyalash operatsiyalarni hisobga olish kitobi;
- hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi;
- kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish kitobi;
- mehnatga haq to‘lashni hisobga olish kitobi;
- hisobot davri xarajatlarini hisobga olish kitobi;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kitobi;
- kirim va chiqim kassa kitoblari.
Barcha kunlik operatsiyalar Yordamchi kitobda xronologik tartibda aks ettiriladi. Yordamchi kitob uchun manba bo‘lib quyidagi birlamchi buxgalteriya hujjatlari hisoblanadi:
- kirim kassa orderi;
- chiqim kassa orderi;
- memorial orderi;
- to‘lov topshiriqnomasi;
- kirim va chiqim bo‘yicha kassa kitoblari;
- boshqa birlamchi hujjatlar.
Yordamchi kitobni yuritishni soddalashtirish va qo‘shimcha nazorat uchun kassa operatsiyalari hisobi kirim va chiqim bo‘yicha kassa kitoblarida yuritiladi. Kun oxirida kirim va chiqim kassa kitoblaridagi qoldiqlar kassa bilan solishtiriladi. Mazkur daftarlardagi ma’lumotlar har bir hisobvaraq bo‘yicha alohida yig‘ilib, yordamchi kitobiga o‘tkaziladi. Kassa hujjatlari alohida tikib boriladi va ular kassada saqlanadi.
Mikrokredit tashkiloti kassa kitoblarining barcha varaqlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organ rahbari va bosh buxgalterining imzosi, shuningdek mikrokredit tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
Hisobga olish davri moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‘lgan hisob jarayonining ketma-ket bosqichini o‘z ichiga oladi.
Hisobga olish davri quyidagi bosqichlardan iborat:
a) birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi, memorial orderi va boshqa hujjatlar);
b) yordamchi kitoblarda operatsiyalarni ro‘yxatga olish;
v) oyning oxirida yordamchi kitoblardagi jami summani Bosh kitobga o‘tkazish;
g) oy oxirida buxgalteriya balansini tayyorlash;
d) buxgalteriya balansi asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash;
e) hisobot yili oxirida mikrokredit tashkilotining foyda va zararlar hisobvaraqlarini yopish;
j) yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish.
Bosh va Yordamchi buxgalteriya kitoblarida hech qanday tuzatishlar qilinishiga ruxsat etilmaydi. O‘chiruvchi suyuqliklar yordamida, shuningdek summalarni o‘chirib yozish va tuzatish yo‘li bilan tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
Aniqlangan xato yozuvlar ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga teskari yozuvlar kiritish yo‘li bilan (storno usulida) tuzatish orderlarini tuzish asosida tuzatilishi lozim.
Tuzatish orderi ikki nusxada tuziladi:
a) birinchi nusxasi o‘tkazmani tasdiqlovchi birlamchi hujjat hisoblanadi;
v) ikkinchi nusxasi tuzatish orderlarini ro‘yxatga olish kitobiga tikiladi.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xatoga yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatilishi kerak, agarda qarzdorning tashabbusi bilan berilgan arizaga asosan bo‘lsa, unda arizaga eslatma beriladi. Ushbu ariza birlamchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.
Tuzatish orderi ikkinchi nusxasining teskari tomonida, shuningdek ro‘yxatga olish kitobida xatoga yo‘l qo‘ygan shaxsning F.I.SH. va lavozimi ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga olish kitobi bosh buxgalterda saqlanadi.
Summasi keyinchalik storno bilan tuzatilgan kredit kartochkasida yoki shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta "Stornolangan" belgisi qo‘yilishi, tuzatish kiritilgan sana va tuzatish orderining raqami ko‘rsatilishi shart. Bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning muovini imzosi bilan tasdiqlanadi.
Mikrokredit tashkilotlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, banklarda depozit hisobvaraqlari va boshqa bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Mikrokredit tashkiloti bilan mijoz o‘rtasida mikrokredit berish bo‘yicha kredit shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori mikrokreditning muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, mijoz uchun shaxsiy ssuda hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga farmoyish beradi. Farmoyishga asosan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan mijozga shaxsiy ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Bunda mikrokredit tashkiloti tomonidan har bir qarzdorga alohida kredit kartochkasi ochiladi.
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan mikrokreditlar hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslarga mikrokredit hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berilganda har bir qarz oluvchiga kredit kartochkasi rasmiylashtiriladi. Kredit kartochkasida berilgan barcha mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Mikrokredit va mikroqarz berish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilganda bosh buxgalter:
• har bir qarzdor uchun mikrokredit (mikroqarz) shartnomasi va ijrochi direktor farmoyishiga asosan alohida shaxsiy ssuda hisobvarag‘ini ochadi;
• mikrokredit va mikroqarzlar berish bo‘yicha farmoyishdagi operatsiyalarni va tegishli o‘tkazmalarni amalga oshirishni tasdiqlaydi;
• farmoyishni ushbu qarzdor hisobvarag‘ini yurituvchi buxgalteriya xodimiga beradi, mikrokredit va mikroqarz shartnomasini kredit bo‘limi xodimiga jo‘natadi.
Bunda mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha naqd pul mablag‘lari berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 10101 - "Kassadagi pul mablag‘lari" hisobvarag‘i.
Mikrokredit va mikroqarz mijozga naqd pulsiz tarzda berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 10503 - "Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" hisobvarag‘i.
Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd pulda so‘ndirilganda quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‘lari" hisobvarag‘i;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq.
Xuddi shuningdek mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd pulsiz shaklda so‘ndirilganda quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
Debet 10503 - "Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" hisobvarag‘i;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i;
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq.
Hisoblangan foizlar summasi mikrokredit tashkiloti tomonidan har xil mikrokredit yoki mikroqarz turlari bo‘yicha belgilangan yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foizlar hisoblashda bir yil deb 365 (366) kun qabo‘l qilinadi. Foizlar mikrokredit yoki mikroqarz berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar miqdoridan (mikrokredit yoki mikroqarz berilgan kun hisobga olingan holda) yoki foizlarni qaytarishni oxirgi kunidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Kredit yoki qarz summasi x foiz stavkasi x kunlar soni


_______________________________________________________
365 (366)

Olinishi lozim bo‘lgan foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan aks ettiriladi:


Debet 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq;
Kredit 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i.
Mikrokredit yoki mikroqarzning asosiy summasi yoki foizlar qaytarilishi 60 va undan ortiq kunga kechiktirilgan holda va bunday mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatilganda, hisoblangan, lekin olinmagan barcha foizlar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan hisobdan chiqarilishi lozim:
Debet 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i;
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar bo‘yicha tegishli hisobvaraq.
SHuningdek, ushbu foizlar summasini ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‘i;
Kredit 96335 - "Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq".
Foizlar balansdan hisobdan chiqarilganidan so‘ng, foizlarni keyingi hisoblash faqat balansdan tashqari 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar" va 91505 - "Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari" hisobvaraqlarida qoida bo‘yicha 3 yildan oshmagan vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin. Bunda barcha muddati o‘tgan foizlar kreditning asosiy summasi to‘liq qoplanganidan va to‘langanidan keyin daromadga kiritilishi mumkin.
Avval hisobdan chiqarilgan va balansdan tashqari hisoblanadigan foizlarni qaytarishda:
Debet 96335 - "Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq" hisobvarag‘i;
Kredit 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‘i.
Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 - "Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash" hisobvarag‘i orqali olib borilishi va joriy davr uchun "Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot"da aks ettirilishi shart:
Debet 56802 - "Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash" hisobvarag‘i;
Kredit Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv).
Tegishli zaxiralar hisobidan mikrokredit va mikroqarzlarni hisobdan chiqarish quyidagi o‘tkazma bilan amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv);
Kredit Mikrokredit va mikroqarz bo‘yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‘i.
Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar naqd pulda undirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‘lari" hisobvarag‘i;
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi" hisobvarag‘i;
Kredit 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i.
Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida oldin hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarz summasi (asosiy qarz)ga:
Debet 96397 - "Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq";
Kredit 95413 - "Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar".
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizingga berilgan aktivlarning hisobi 15600 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara)" hisobvaraqlarida yuritiladi.
Mikrokredit tashkilotida mikrolizing obyektini dastlabki tan olish mikrolizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, mikrokredit tashkiloti o‘z balansida lizingga berilgan mikrolizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aktiv sifatida tan oladi.
Mikrokredit tashkiloti mikrolizing obyekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan to‘lab bergan holda mikrolizing obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, mikrokredit tashkiloti foydalanishga qabo‘l qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to‘ldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini bajaradi:
a) Debet 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i";
Kredit 10503 - "Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar";
b) Debet 15607 - "Mikrolizing";
Kredit 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i".
Mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan va mikrolizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar mikrolizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi.
Mikrolizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizing oluvchi tomonidan qoplanmagan taqdirda, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyekti dastlabki tan olinganidan so‘ng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan mikrolizing bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u bo‘yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob mikrolizing obyektini baholab borishni ham o‘z ichiga oladi.
Mikrokredit tashkilotining daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarining amalga oshirilishidan qat’iy nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
Debet 16323 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar";
Kredit 45105 - "Mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar".
Lizing to‘lovlari kelib tushgan hollarda, xususan asosiy qarzning qaytarilgan summasiga hamda foizli daromad summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
Debet 10503 - "Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar";
Kredit 15607 - "Berilgan mikrolizing";
Kredit 16323 - "Mikrolizing (Moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar".
Mikrolizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari to‘liq bajarilgan taqdirda 15607 - "Berilgan mikrolizing"; va 16323 - "Mikrolizing (Moliyaviy ijara)" bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig‘i nolga teng bo‘ladi.
Lizing oluvchi tomonidan mikrolizing obyekti mikrolizing shartnomasi muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi qoldiq nolga teng bo‘ladi.
Mikrolizing obyekti lizing oluvchi tomonidan mikrolizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi mikrokredit tashkiloti ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o‘z balansiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali qabo‘l qiladi:
Debet 16701 - "Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar";
Kredit 15607 - "Berilgan mikrolizing".
Mikrolizing operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56838 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash" hisobvarag‘i orqali olib borilishi va joriy davr uchun "Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot"da aks ettirilishi shart:
Debet 56838 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash" hisobvarag‘i;
Kredit 15699 - "Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)".
Tegishli zaxiralar hisobidan mikrolizingni hisobdan chiqarish quyidagi o‘tkazma bilan amalga oshiriladi:
Debet 15699 - "Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)";
Kredit Tegishli mikrolizing hisobvarag‘i.
Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing bo‘yicha asosiy qarz va foizlar naqd pulda undirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‘lari";
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi";
Kredit 45100 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha foizli daromadlar".
Xuddi shuningdek balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing bo‘yicha asosiy qarz va foizlar naqd pulsiz undirilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10503 - "Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar";
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi";
Kredit 45100 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha foizli daromadlar".
Oldin hisobdan chiqarilgan mikrolizing summasi (asosiy qarz)ga:
Debet 96397 - "Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq";
Kredit 95413 - "Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar".
Mikrokredit tashkilotlari mikrolizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi", lizing bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar esa 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar"ning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi.
Mikrolizing lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotlarida ham aktiv, ham majburiyat sifatida tan olinadi. Ushbu dastlabki tan olish mikrolizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiya qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aks ettiradi.
Mikrolizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi:
Debet 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi";
Kredit 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar"ning tegishli hisobvarag‘i.
Mikrolizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan mikrolizing obyektini sotib olish, etkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar mikrolizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi.
Mikrolizing obyekti lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti balansida aktiv va majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. Mikrolizing bo‘yicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv hisobvaraq sifatida) ko‘rsatishga ruxsat etilmaydi.
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing dastlabki tan olingandan so‘ng keyingi hisob majburiyat bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va mikrolizing bo‘yicha foizlar to‘lash hisobini yuritishdan iborat.
Keyingi hisob, mikrolizing bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga o‘tganligi sababli lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyektini baholab borish, amortizatsiya ajratmalarini va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham o‘z ichiga oladi.
Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining mikrolizing foizi bo‘yicha xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq mikrolizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:
Debet 54902 - "Boshqa foizli xarajatlar";
Kredit 22408 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar".
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing to‘lovlari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Debet 22408 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar";
Debet 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar";
Kredit 10503 - "Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" (yoki 10101 "Kassadagi pul mablag‘lari").
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ushbu Yo‘riqnomaning 99-bandi talablari asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 56626 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish summasi";
Kredit 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)".
Aniq bir davrdagi lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining mikrolizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (mikrolizing bo‘yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‘lanishi kerak bo‘lgan lizing to‘lovlari summasiga teng bo‘lmasligi mumkin.
Mikrolizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan oxirgi to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida mazkur lizing operatsiyalari bo‘yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (analitik hisob) qoldig‘i nolga teng bo‘ladi va mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga o‘tadi.
Mikrolizing obyektining lizing oluvchi mikrokredit tashkilotiga o‘tkazish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
a) Debet 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)";
Kredit 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi";
b) Debet 16500 - "Asosiy vositalar"ning tegishli hisobvarag‘i;
Kredit 165** - Asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv).
Mikrolizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi mikrokredit tashkilotiga mikrolizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan bo‘lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Debet 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar";
Kredit 10503 - "Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" (yoki 10101 "Kassadagi pul mablag‘lari").
Mikrolizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin to‘xtatilib lizing beruvchi tomonidan mikrolizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilgan taqdirda, mikrolizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish mikrolizing shartnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan sanadagi mikrolizing obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)";
Kredit 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi".
Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) mikrolizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha qolgan qarz o‘rtasidagi farq sifatida mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlanganida, oldingi qayta baholashlardagi mikrolizing obyekti qiymatining ko‘paygan summasi, ya’ni oldingi baholashlar natijasida 30908 - "Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" hisobvarag‘ining kredit qoldig‘i mikrolizing obyektining chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad tarkibiga qo‘shiladi va bir vaqtning o‘zida ushbu hisobvaraq bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytiradi.



Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling