Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha №2023/24 shartnoma


Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari


Download 143 Kb.
bet2/10
Sana22.09.2023
Hajmi143 Kb.
#1684380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60110300 Maktabgacha ta\'lim psixologiyasi va pedagogikasi

Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari



2.1. Universitet quyidagi majburiyatlarga ega:
2.1.1. Universitetning qabul komissiyasi qarori asosida Urganch RANCH texnologiya universitetida o‘rnatilgan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq tarzda qabul shartlarini bajargan Talabani talabalar safiga qabul qilish.
2.1.2. Ushbu Shartnomaning to‘liq amal qilish muddatlarida amaldagi o‘quv rejaga mos holda Talabaning ta’lim yo‘nalishi/mutaxassislik bo‘yicha zaruriy o‘qitish jarayonini tashkil qilish va ta’minlash.
2.1.3. Ushbu Shartnomani imzolash davrida Talabani Universitetning ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlari, Universitetning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq kodeksi bilan tanishtirish.
Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan tanishdim va ulardagi shartlarni qabul qilaman ________________________________________________________________________________________
(F.I.Sh.) (Imzo)
2.1.4. Ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan, o‘qish uchun to‘lovni qabul qilish.
2.1.5. Talabaga va Buyurtmachiga Talabaning butun ta’lim jarayoni bo‘yicha va o‘quv rejadagi alohida fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishi, o‘zini tutishi, munosabati va u tomonidan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarga qatnashishi haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish.
2.1.6. Talabaga Universitetda o‘rnatilgan tartibda Universitet hududidagi o‘quv-laboratoriya jihozlari, kutubxona fondi, madaniyat muassasalari, umumjamoat xizmatlari va boshqalardan foydalanish huquqini taqdim qilish.
2.1.7. Bo‘sh o‘rinlar bo‘lganida Universitetga o‘qishga qabul qilingan boshqa shaharlik Talabaga alohida Shartnoma asosida Universitet talabalar turarjoyidan foydalanish huquqini taqdim qilish.
2.1.8. Universitetning elektron axborot resurslaridan foydalanish uchun Talabaga login va parolni taqdim qilish.
2.1.9. Talabani Universitetda o‘rnatilgan tartibda amaliyotni o‘tash uchun yo‘naltirish.
2.1.10.* O‘qish tugaganidan keyin Talabani Buyurtmachining ixtiyoriga yo‘naltirish va uning diplomini Universitetda o‘rnatilgan tartibda Buyurtmachiga yetkazish.
2.1.11. Universitetdagi ta’lim jarayoni tugaganidan keyin Talabani ishga joylashtirish majburiyatini olmaslik.
2.1.12. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling