4. Shartnomaning amal qilish muddati
4.1. Ushbu Shartnoma u Tomonlar o‘rtasida imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlarning o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishigacha amal qiladi.
5. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik holatlari uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilganidek javobgarlikka tortiladilar.
5.2.* Talaba ushbu Shartnoma kuchga kirganidan keyin uning shartlarini bajarishdan bosh tortsa, o‘z ixtiyori bo‘yicha yoki akademik qarzdorlik bo‘yicha, uzrli sabablarsiz dars qoldirish sababli, antiijtimoiy harakatlar sababli talabalar safidan chiqarilsa, Buyurtmachi bilan mehnat shartnomasini tuzishdan bosh tortsa, yok i ishga yo‘naltirilgan kundan boshlab 5 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasining 1- va 2-bandlarida ko‘zda tutilgan asoslardan tashqari istalgan asoslarda imzolangan mehnat shartnomasini bekor qilsa Talabaning Universitetda o‘qishi uchun sarflangan pul mablag‘larini qoplashi kerak.
5.3. Tomonlarning ushbu shartnomada ko‘zda tutilmagan, o‘z majburiyatlarini buzish holatlari uchun javobgarlik choralari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tarzda qo‘llaniladi.
6. Bahslarni hal qilish tartibi
6.1. Ushbu Shartnomani bajarishda yuzaga keluvchi bahslar va kelishmovchiliklar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish usuli bilan imkon qadar hal qilinadi.
6.2. Tomonlar bahslarni muzokaralar olib borish usuli bilan hal qila olmagan hollarda kelishmovchiliklarni sudgacha hal qilishning qonunchilikda ko‘zda tutilgan protseduralari bajarilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda Urganch shahri sudida ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinadi.
7. Fors major
7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini favqulodda vaziyatlar sababli bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajara olmaganliklari holatlari yuzaga kelsa ular javobgarlikdan ozod qilinadilar. Bunday holatlar va/yoki hodisalar agar ular Tomonlarning nazoratidan tashqarida bo‘lsa va ular muqarrar holatlar, harbiy harakatlar yoki tabiiy ofatlar natijasida ushbu Shartnoma imzolanganidan keyin yuzaga kelsa favqulodda vaziyatlar sifatida baholanadi.
7.2. Favqulodda holatlar va/yoki hodisalar tufayli o‘z majburiyatlarini bajara olmaslik holati yuzaga kelganida Tomonlar bu haqda boshqa Tomonlarni xabardor qilishi va favqulodda holatlar va/yoki hodisalarning butun ta’sir davri uchun sodir bo‘lgan favqulodda holatlarni tasdiqlovchi, huquqiy jihatdan vakolatli organlarning hujjatlarini taqdim qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |