Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha №2023/24 shartnoma


Universitet quyidagi hollarda Talaba talabalar safidan chiqarilganida oldin to‘langan summani qaytarmaydi


Download 143 Kb.
bet9/10
Sana22.09.2023
Hajmi143 Kb.
#1684380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60110300 Maktabgacha ta\'lim psixologiyasi va pedagogikasi

Universitet quyidagi hollarda Talaba talabalar safidan chiqarilganida oldin to‘langan summani qaytarmaydi:
- oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv intizomi va Ichki tartib-qoidalarni buzsa;
- akademik o‘zlashtirmaganlik (qarzdorlik) uchun;
- bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soat (37 juft) dars qoldirsa;
8.3. Mazkur shartnoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirilib abiturient, Universitet talabalari safiga qabul qilinishidan oldin, shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan taʼlim xizmatlaridan voz kechadigan bo‘lsa to‘lov summasi bir yillik to‘lov qiymatining 20 % miqdoridagi jarima ushlab qolgan xolda qaytarib beriladi.
8.4. Abiturient talabalar safiga qo‘shilib I – II semester o‘quv davrida shartnomani bekor qilgan xolda bir yillik to‘lov qiymatining 15 % jarimasi va o‘quv davri xarajatlari ushlab qolinadi.
8.5 O‘qish uchun kontrakt to‘lovi oʼshbu shartnomani 3.2. bandida ko‘rsatilgan bank kunlaridan keyin amalga oshirilgan taqdirda abiturientni o‘qishga qabul qilmaslik huquqini Universitet ozida saqlab qoladi va to‘langan summani yo‘nalish bo‘yicha bir kunlik o‘qish xarajatlariga teng qismini ushlab qolib qaytib beradi.
8.6. Buyurtmachi qandaydir sabablar bilan Talabaning o‘qishi uchun to‘lovni amalga oshira olmasa, unda Talabaning o‘zi to‘lovlarni amalga oshiradi. Kirish sinovlari muvaffaqiyatli o‘tganidan va o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganidan keyin Talabani talabalar safiga kiritilganligi to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
8.7. Imtihonlarni, nazoratlarni qayta topshirish va boshqa ta’lim xizmatlarini takroriy ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar qiymati Universitet tomonidan mustaqil o‘rnatiladi va tasdiqlangan tariflar bo‘yicha to‘lanadi.
8.8. O‘qishga kirish hamda o‘qishni koʼchirish uchun taqdim qilingan xujjatlar yoki ularning ayrimlari qalbakilashtirilganligi aniqlansa u holda abiturient kirish sinovlaridan (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.
8.9. O‘qishga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish uchun talab qilinadigan xujjatlar yoki ularning ayrimlari qalbakilashtirilganligi aniqlanganligi sababli talaba universitetdan chetlashtirilganda uni oldindan o‘qish uchun toʼlangan to‘lov-kontrakt summasi talaba yoki buyurtmachisiga qaytarilmaydi.
8.10. Universitet bilan talaba o‘rtasida tuzilgan №________________________________ shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb xisoblansin.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling