Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha №2023/24 shartnoma


Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega


Download 143 Kb.
bet4/10
Sana22.09.2023
Hajmi143 Kb.
#1684380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60110300 Maktabgacha ta\'lim psixologiyasi va pedagogikasi

2.3. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega:
2.3.1. Ushbu Shartnomaning shartlariga muvofiq holda talabaning o‘qishi uchun to‘lovini ta’minlash.
____________________________________________________________________________________________________________ *ushbu band Universitetdagi o‘qish haqi Buyurtmachi (huquqiy shaxs) tomonidan to‘lanadigan holda kuchga ega
2.3.2. Universitetga 3 (uch) ish kuni davomida to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlash uchun qog‘oz yoki elektron shaklda to‘lov topshiriqnomasining nusxasini taqdim qilish.
2.3.3. Talabaning o‘zlashtirishini nazorat qilish. O‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqarish, bitiruv-malakaviy ishi oldi amaliyotlarining o‘tkazilishini ta’minlash.
2.3.4.* O‘qish tugaganidan keyin Talabani olingan mutaxassisligi va malakasiga muvofiq ish o‘rni bilan ta’minlash.
2.3.5. Talaba ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan holda Talabaning Universitetda o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlarni undirish choralarini ko‘rish.
2.3.6. Ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni o‘z muddatida amalga oshirish imkonsiz bo‘lganida, bu haqda o‘rnatilgan to‘lov muddati tugashidan 3 kun oldin Universitetga yozma xabar berish.
2.3.7. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish.
2.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
2.4.1. Talabaning bilimlari va ko‘nikmalarini baholash haqida, ushbu baholashning mezonlari va Universitetdagi ta’lim jarayoni haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotni olish.
2.4.2.* Talaba ushbu Shartnoma kuchga kirganidan keyin uning shartlarni bajarishdan bosh tortsa, o‘z ixtiyori bo‘yicha yoki akademik qarzdorlik bo‘yicha, uzrli sabablarsiz dars qoldirish sababli, antiijtimoiy harakatlar sababli talabalar safidan chiqarilsa, Buyurtmachi bilan mehnat shartnomasini tuzishdan bosh tortsa, yoki ishga yo‘naltirilgan kundan boshlab 5 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasining 1- va 2-bandlarida ko‘zda tutilgan asoslardan tashqari istalgan asoslarda imzolangan mehnat shartnomasini bekor qilsa Talabaning Universitetda o‘qishi uchun sarflangan pul mablag‘larini qaytarib olish.
2.4.3. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling