Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha №2023/24 shartnoma


Download 143 Kb.
bet8/10
Sana22.09.2023
Hajmi143 Kb.
#1684380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60110300 Maktabgacha ta\'lim psixologiyasi va pedagogikasi

8. Boshqa shartlar

8.1. Universitet o‘qish uchun to‘lov muddatlarini bir tomonlama o‘zgartirish va quyidagi holatlar yuzaga kelganida ushbu Shartnomani bekor qilish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi:


- Talaba o‘z tashabbusi bo‘yicha talabalar safidan chiqarilganida (yozma shaklda);
- akademik qarzdorlik, Universitetning o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarini buzganligi bo‘yicha talabalar safidan chiqarilganida;
- sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilinganida;
- o‘lim holati bo‘yicha;
- ushbu Shartnomaning 3.4-bandiga muvofiq tarzda, bir oylik ogohlantirish davri tugagunicha Talaba/Buyurtmachi tomonidan qo‘shimcha kelishuv ko‘rib chiqilmasa (imzolanmasa).
- Universitetning jismoniy va huquqiy shaxslar bilan tashkiliy-huquqiy, moliyaviy munosabatlardagi maqomini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga o‘zgartirishlarning kiritilishi bilan;
_____________________________________________________________________________________
*ushbu band Universitetdagi ta’lim xizmatlari haqi Buyurtmachi (huquqiy shaxs) tomonidan to‘lanadigan holda kuchga ega


Universitet ushbu Shartnomaning shartlari o‘zgarishi haqida yoki ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq holda ushbu Shartnomani bekor qilish haqida qaror qilgan vaqtidan boshlab 15 kalendar kuni davomida Talabani/Buyurtmachini xabardor qilishi kerak.


8.2. Talabaning/Buyurtmachining ixtiyoriga ko‘ra ta’lim uchun to‘lov oldinroq bajarilishi mumkin.
Talaba quyidagi hollarda talabalar safidan chiqarilganida to‘langan dastlabki to‘lov summasining amaldagi o‘qish muddati uchun ishlatilgan sarflari ushlab qolinib, qolgan qismi qaytariladi:
- o‘z tashabbusi bo‘yicha;
- o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirganida;
- sog‘ligining holati bo‘yicha (tibbiy komissiyaning ma’lumotnomasi asosida);
- sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilinganida;
- o‘lim holati bo‘yicha.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling