Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha №2023/24 shartnoma


Talaba quyidagi majburiyatlarga ega


Download 143 Kb.
bet5/10
Sana22.09.2023
Hajmi143 Kb.
#1684380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
60110300 Maktabgacha ta\'lim psixologiyasi va pedagogikasi

2.5. Talaba quyidagi majburiyatlarga ega:
2.5.1. O‘quv rejasi va o‘quv jarayonining grafigiga muvofiq o‘quv dasturini o‘zlashtirishi, o‘quv dasturining talablarini, o‘quv yuklamasining va mustaqil ishning o‘rnatilgan hajmini bajarish.
2.5.2. Ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq o‘zining o‘qishi uchun to‘lovni ta’minlash.
2.5.3 O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlari, Universitetning Nizomi va mahalliy me’yoriy hujjatlari, shuningdek, Universitetning Ichki tartib-qoidalari odob-axloq kodeksi talablarini bajarish.
2.5.4. O‘quv dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarga majburiy tartibda qatnashish, umumqabul qilingan axloq-odob qoidalariga, shaxslararo munosabatlarga va tashqi ko‘rinishga rioya qilish.
2.5.5. Universitetni_va_Buyurtmachini'>Universitetning elektron axborot resurslaridan foydalanish uchun login va parolni olish.
2.5.6. Yozma yoki elektron shaklda o‘zining darslarni qoldirishining uzrli sabablari haqida Universitetni xabardor qilish.
2.5.7. Universitetning mulki bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘lish. Qonunchilik va Universitetning mahalliy me’yoriy hujjatlariga muvofiq tarzda mulkka yetkazilgan zararni qoplash.
2.5.8.* O‘z tashabbusi bilan ta’lim munosabatlarini to‘xtatganida bu haqda oldindan Universitetni va Buyurtmachini xabardor qilish.
2.5.9. Universitetga kirishda va unda o‘qish jarayonida barcha zaruriy hujjatlarni taqdim qilish. O‘z ma’lumotlarining o‘zgarganligi to‘g‘risida 3 kun ichida universitetning o‘quv bo‘limiga xabar berish.
2.5.10.* Universitetni tamomlaganidan keyin 30 kun ichida Buyurtmachining ixtiyoriga yetib borish va Buyurtmachining korxonasida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat ishlab berish. Universitetga Buyurtmachi oldidagi majburiyatlarni bajarayotganligi haqidagi hujjatni taqdim qilish.
________________________________________________________________________________________
*ushbu band Universitetdagi o‘qish haqi Buyurtmachi (huquqiy shaxs) tomonidan to‘lanadigan holda kuchga ega

2.5.11. O‘quv jarayonidagi o‘zlashtirmaganlik holatida Universitetda tasdiqlangan tariflarga muvofiq imtihonlar va nazoratlarni qayta topshirish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar uchun, boshqa ta’lim xizmatlarini takroriy ko‘rsatish uchun haq to‘lash.


2.5.12. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra boshqa shartlar va kafolatlarni bajarish.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling