MA’RUZA. PUNKTUATSIYA
Reja:
Punktuatsiya haqida tushuncha.
O‘zbek tili punktuatsiyasi asoslari.
Tinish belgilarining turlari va ishlatilish qoidalari.
Punktuasiya (lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta ma’nosini anglatadi) yozuvdagi tinish belgilari tizimi, tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qoidalar to‘plami, tinish belgilari demakdir. Punktuasiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy bog‘liq.
Punktuasiya asosi deyilganda, tinish belgilarining qo‘llanishi nimaga bog‘liqligi nazarda tutiladi.
O‘zbek tili iunktuasiyasining asosi o‘zbek tilining grammatik tizimi sanaladi.
Grammatik tizim nutqning mazmun, intonasion va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil etadi. Bu o‘zbek tili punktuasiyasining negizidir.
Tinish belgilarining qaysi usul bilan qo‘llanilishi iunktuasiya tamoyili hisoblanadi.
O‘zbek tili iunktuasiyasining tamoyillari quyidagilardan iborat:
Mantiqiy-grammatik tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning mazmuni, tuzilishi, intonatsiyasi bilan bog‘liq.
Uslubiy tamoyil. Mazkur tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutq uslubi bilan aloqador bo‘ladi.
Differensiasiya tamoyili. Bunda tinish belgilarining qo‘llanishi yozuv texnikasini farqlash (differensiasiya qilish) bilan bog‘liq. Tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanish tizimi (masalan, gap boshida yoki oxirida ikki qo‘shtirnoqning baravar ishlatilishi) ham shu tamoyilga aloqador.
O‘zbek tili tinish belgilari
O‘zbek tilida o‘nta tinish belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |