Punktuasiya lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta


Download 83 Kb.
bet6/9
Sana12.03.2023
Hajmi83 Kb.
#1262182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Punktuatsiya

Ikki nuqta
Ikki nuqta quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  1. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘laklardan oldin kelganda: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi. (Oybek.)

  2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Bilaman: otangiz juda g‘ayratli odam edi. (P.Qodirov.)

  3. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganda:

Arastu hakim aytadi:
- Maishatiga kifoya etarlik davlatga ega bo‘lgan kishi undan ortiqchani talab qilmasin, ortiqcha talab qilgan kishi benihoya qayg‘u-alamlarga giriftor bo‘ladi. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.)

  1. Nutq ichida masalan, misol, chunonchi, reja, mavzu kabi so‘zlardan so‘ng:

Masalan: o‘simliklar va hayvonot olami. Mavzu: Bosh bo‘laklar va ularning turlari


Ko‘p nuqta
Ko‘p nuqta quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida:

- Hm... Hozir... topamiz. Xo‘sh... G‘oyipov, Sayipov... Sharipov... pov... pov... Ha, mana Zaripov. She’ringizning nomi “Tong”. Shunaqami? (F.Musajonov.)

  1. Sitata yoki olingan misollardagi ayrim so‘z va gaplarning tushirib qoldirilganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:

Milliy til millatning paydo bo‘lishi bilan birga yuzaga keladi. U xalq tili asosida ... shakllanib, rivojlanadi. (“O‘zbek tili” darsligidan.)
3. Kuchli his-hayajonni bildiruvchi undov so‘zdan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi: Tashakkur... maqsad faqat sotish emas o‘rniga boshqasini olmoqchi edik. (F.Musajonov.)


Qavs
O‘zbek tilida quyidagilar qavsga olinadi:

  1. Kiritma gaplar: Biz (bu safar menga Maktuba ham hamroh bo‘ldi) qishloqqa ertasiga kechqurun kirib bordik. (O.Yoqubov.)

  2. Remarkalar: M a r a s u l. Hali shunaqami. (Engini shimarib chiqmoqchi bo‘ladi.) Z a r g a r o v. Qayoqqa?.. O‘tir! (Uning yenglarini tushirib qo‘yadi.)

  3. Sitata yoki misolning manbai: Qalb boshdan ko‘ra to‘g‘ri hukm beradi. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.)

  4. Tushuntirish, izoh ma’nosidagi so‘z, birikma gaplar:

Slavyan tillariga rus tili, ukrain tili, belorus tili, slovak tili, lujik tili, polab tili (o‘lik til), kashub tili (g‘arbiy gruppa); bolgar tili, serb tili, xorvat tili, sloven tili, makedon tili (janubiy gruppa) kiradi.



Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling