Punktuasiya lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta


Tinish belgilarining qo‘llanishi


Download 83 Kb.
bet3/9
Sana12.03.2023
Hajmi83 Kb.
#1262182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Punktuatsiya

Tinish belgilarining qo‘llanishi
Nuqta

Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:



  1. Darak gap oxirida: Adabning yuqori bosqichi go‘zal xulqdir. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.)

  2. Tinch ohang bilan aytilgan buyruq gap oxirida: O‘zing himmatli bo‘l, ota-bobong himmatini so‘zlab mag‘rurlanma. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.)

  3. Remarka tipidagi gap oxirida: Zargarov. Tinch kelib ketadi degin? Shundoq bo‘lsa ham nasihat qilib, etini o‘ldirib, undan keyin meni chaqirgin. Men uyda bo‘laman. (Chaqmoqchi bo‘ladi.) (A.Qahhor.)

  4. Numerativlar bilan ko‘rsatilgan sanaluvchilar oxiriga: Gaplar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

  1. Sodda gaplar.

  2. Qo‘shma gaplar.

  1. Harflar yoki raqamlar bilan ko‘rsatilgan numerativlardan keyin: Hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalari quyidagicha tasniflanadi:

A. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra.
B. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra.
V. Lablarning ishtirokiga ko‘ra.

  1. Ayrim shartli qisqartmalardan keyin yozuv texnikasiga ko‘ra nuqta qo‘yiladi: A.Avloniy, A.Qahhor, A.Oripov va boshqalar.

  2. Sitataning manbaini ko‘rsatuvchi kiritmalar matn ichida yoki havolada berilsa, muallif nomidan so‘ng va oxirgi so‘zdan keyin nuqta qo‘yiladi: M.Asqarova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” ma’ruza matnlari, Toshkent, 2001.



So‘roq belgisi
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:

  1. So‘roq gap oxirida: Maktabda senga shuni ta’lim beradimi? Qani daftarlaring? (A.Qahhor.)

  2. Kim, nima, qaer, qanday, qaysi, qachon, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida qo‘llansa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi: Ega kim?, nima?, qaer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi.

  3. Taqrizlarda va sitatalarda biror so‘z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik tug‘dirsa, bunday so‘z yoki jumladan so‘ng qavs ichida so‘roq belgisi qo‘yiladi.




Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling