Punktuasiya lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta
Download 83 Kb.
|
Punktuatsiya
Nuqtali vergul
Nuqtali vergul quyidagi hollarda ishlatiladi: Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Biroq o‘sha qalqib turgan, behalovat yillarda mamlakatga iloji boricha ko‘proq paxta kerak edi; har qarich yer hisobda edi. (O‘.Usmonov.) Murakkab qo‘shma gap qismlari nuqtali vergul bilan ajratiladi: Odam kasr jadvaliga o‘xshaydi, odamning o‘zi kasr surati bo‘lsa, maxraji esa o‘zi haqidagi fikridir; maxraj kattalashgani sari, surat shunchalik kichiklashadi. (L.Tolstoy.) Raqam yoki harflar orqali belgilangan numerativlar bilan ko‘rsatilgan sanaluvchilar oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi: Assimilyasiya ikki xil bo‘ladi: a) to‘liq assimilyasiya; b) to‘liqsiz assimilyasiya. Tire Tire quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: Ega va kesim orasida: Mehnat – hurmatning toji. (Maqol.) Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda: Uning ichida nim rang toyibi, pushti rang husayni, har donasi yong‘oqday keladigan kattaqo‘rg‘on – hammasi shig‘il pishgan. Ajratilgan bo‘laklarni ajratishda: Uning Xolbek degan tengdoshi – o‘ng ko‘zi bilan qulog‘ining orasida danakday qora xoli bor bola – bir kuni Avazning butun oshiqlarini qoqlab yutib oldi. (P.Qodirov.) Kiritma gaplarni chegaralash uchun: ...Asal va Samad – o‘g‘lining ismi shunday ekan – bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi. (Ch.Aytmatov.) Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: Qaring bor – barakang bor. (Maqol.) Ko‘chirma gapli qurilmalarda ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratish uchun: “Do‘stingga yo‘liqqan vaqtingda egilib, ochiq chehra bilan ko‘rish, - deb aytadi Suqrot Hakim, - yaxshi so‘z bilan uning ko‘nglini ko‘tar”. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.) Dialoglarda har bir ko‘chirma gapni birini ikkinchisidan ajratish uchun: - Niyatlari yaxshi-yu, lekin bizda ham tashvish ko‘p-da, - dedi. – Rayijrokomga uchradilaringizmi? - Avval siz bilan kelishib, keyin uchrashamiz. - Bu yerlar yaylov, har bir qarichi hisobli. - Chorvangiz yaylovda o‘tlayveradi, odamlarning nasibasi boshqa, - kulib e’tiroz qildi Nasimxon. (P.Qodirov.) Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling