Punktuasiya lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta
Download 83 Kb.
|
Punktuatsiya
Undov belgisi
Undov belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: Undov gap oxirida: Davomini keyin bitkaymen!.. Kitobning nomi sening ismingga qofiya bo‘lg‘usidir!.. (P.Qodirov.) Buyruq gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, uning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Tez chorraha darvozasiga boring! Xonzoda begimni topib, mening buyrug‘imni yetkazing! Darhol bu yoqqa yetib kelsinlar! Shuni borib ayting! (P.Qodirov.) Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar emosionallikka ega bo‘lsa, ulardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi: Ha, barakalla! Rahmat, do‘stim! (A.Qahhor.) Undalma gap boshida kelib, his-hayajon bilan aytilganda, undalmadan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi: Shunqorlarim! Ota yurtimiz uzoq, yengilsak yetolmaymiz. (P.Qodirov.) Vergul Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: Bog‘lovchisiz yoki takrorlanuvchi bog‘lovchilar yordamida aloqaga kirishgan uyushiq bo‘laklar o‘zaro vergul bilan ajratiladi: Mana senga hayotbaxsh, zilol suvli buloq. (F.Musajonov.) Salqin, lekin yoqimli shabada esadi. (O‘.Hoshimov.) Ajratilgan bo‘laklar vergul bilan ajratiladi: Soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida oppoq qorga ko‘milib uzoq turdi. (O.Yoqubov.) Undalmalar vergul bilan ajratiladi: Ortiq aka, sizda otameros mardlik bor. (P.Qodirov.) Kirish so‘z va kirish birikmalar vergul bilan ajratiladi: Ha, aytgandek, leksiyadan keyin savol-javob bo‘ladi. (F. Musajonov.) Tasdiq yoki inkorni bildiruvchi so‘zlar gap boshida kelganda, vergul bilan ajratiladi: Ha, mayli, kerak bo‘lsam, o‘zi topib olar. (F.Musajonov.) Xo‘p, zavodga qachon kirgansiz? (F.Musajonov.) Yo‘q, bu aniq. (F.Musajonov.) Qo‘shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi: Hayot shunday tubsiz va behosil dengizlarkim, u doim jo‘sh urib, qaynab turadi. (J.Abdullaxonov.) Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling