Punktuasiya lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta
Download 83 Kb.
|
Punktuatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘chirma gapda tinish belgilarining qo‘llanishi
Qo‘shtirnoq
Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi: Fozillardan biri: “Eng yaxshi kishining ikki qo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi, u bir qo‘li bilangina emas, ikki qo‘li bilan yaxshilik qiladi”, - degan edi. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.) Sitatalar qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi: “Agar do‘stlik savdo-sotiqqa o‘xshab, ehtiyojga qarab axtarilsa, zarurat tug‘ilmagan chog‘da do‘stni nazarga ilmay, tashlab ketilsa, bu qanday do‘stlik bo‘ldi endi!” (Abu Ali ibn Sino.) Kesatiq ma’nosidagi so‘zlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi: “Aqllilar” ko‘payib, to‘g‘ri ish qilishga halaqit bermoqda. Badiiy asar, gazeta, jurnal nomlari, muassasalar, tashkilot, korxona, zavod fabrikalar nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: “Bobur” romani, “Xalq so‘zi” gazetasi, “Saodat” jurnali, “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “O‘rtoq” fabrikasi ... Mahsulotlar nomi, mashina, samolyot, televizorlarning markasini bildiruvchi so‘zlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi: “Matiz” mashinasi, “Il-1...” samolyoti, “Temp” televizori ... Sinflar, kurslar, buyruq va qarorlarga qo‘shilib yoziladigan harflar qo‘shtirnoqqa olinadi: 7-“A” sinf, III “B” kurs, 2-“B” buyruq va hokazo. Baho ballari qo‘shtirnoqqa olinadi: “a’lo” baho, “yaxshi” baho. Ko‘chirma gapda tinish belgilarining qo‘llanishi Ko‘chirma gaplar doim qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi: U mendan so‘radi: “Xushxat ekansan. Hisobni bilasanmi?” (O.) Ko‘chirma gap muallif gapidan olidn kelsa, ko‘chirma gapdan so‘ng vergul va tire qo‘yiladi: “Ochiqchasiga gaplashaylik”, - dedi Nafisa. (As.M.) Agar ko‘chirma gap mazmunidan his-hayajon yoki so‘roq anglashilsa, so‘roq va undov belgilaridan so‘ng qo‘shtirnoq qo‘yiladi, ko‘chirma gapdan so‘ng esa tire qo‘yib yoziladi: “Nega yalang oyoq yuribsan?” - deb qulog‘iga pichirladi. (As.M.) “Rahmat sizga, mehribon o‘qituvchilarimiz”- dedik barchamiz. Muallif gapi ko‘chirma gap o‘rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi: a) ko‘chirma gapning uzilgan qismida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta qo‘yilgan bo‘lsa yoki hech qanday tinish belgilari bo‘lmasa, muallif gapi har ikki tomonidan vergul va tire bilan ajratib yoziladi: “Efim tog‘am, - dedi Po‘latjon, - hamma vaqt bayroqdor bo‘lganlar”. (H.N.) “Aka, - dedi u hammani og‘ziga qaratib, - samolyotdan meni ko‘rdingizmi?” (H.N.) “Qo‘rqma, o‘zim yordamlashaman, - deb dalda berdi Kolya, - o‘zing yaqinda bu yerga kelasan”. (H.N.); b) ikki sodda gapdan tuzilgan ko‘chirma gapning birinchisidan so‘ng nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, undan keyin esa nuqta va tire qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi: “Mana shu bo‘rsiq Mirzacho‘lda yakkalanib qolgan hayvonlarning eng oxirgisi, - deb ta’kidladi bobom. –Mening nomimdan hayvonot bog‘iga berib yubor.” (G‘ayratiy) v) agar ko‘chirma gapning uzilgan yerida so‘roq yoki undov belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, muallif gapidan oldin tire, muallif gapidan keyin esa nuqta va tire qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi: “Tavba! - dedi Avaz. -Ertalab ayiqni alday olmagan odam endi meni aldamoqchi bo‘lasiz.” (P.Q.) Falanga shumi?-deb so‘radi bir bola.-Juda xunuk bo‘lar ekan”. (Yo.Sh.) Ko‘chirma gap muallif gapi orasida kelsa, muallif gapining uzilib qolgan qismidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi; ko‘chirma gap bosh harf bilan yozilib, qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Ko‘chirma gapdan keyin vergul va tire qo‘yilib, muallif gapining davomi yoziladi: Qalandarov bosh silkib, “Zulfiqorov yaxshi boshliq”,- dedi. Ko‘chirma va muallif gaplarining turlicha o‘rinlashishiga qarab, tinish belgilarining ishlatilishini chizma bilan quyidagicha ko‘rsatish mumkin (muallif gapi M, ko‘chirma gap K harfi bilan ko‘rsatiladi). Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling