Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Nanoustqurmalar ishlatib DNK ni sekvenlash
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arzon va tezkor DNK sekvenatsiyasini qanday ta’minlash mumkin
- DNK - tranzistor
8. Nanoustqurmalar ishlatib DNK ni sekvenlash
Ko‘p biotexnologiyalar DNK tarkibidagi nukleotidlarni ketma- ketligini aniqlashga (DNK ni sekvenlashga) asoslanadi. DNK molekulasining uzunligini e’tiborga olgan holda, uni amalga oshirish uchun aniq va tezkor DNK sekvenatorlar kerak. Ammo bitta odam DNK sini sekvenatsiyasi, hozirgi paytda ishlab turgan texnika yordamida amalga oshirilganda juda qimmatga tushadi va bir necha oy vaqtni oladi (62-rasm). 62-rasm. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan DNK sekvenator. Arzon va tezkor DNK sekvenatsiyasini qanday ta’minlash mumkin? 2005-yilda bu muammoni yechishga nanokonstrukturalar aralashdi. Ular yuqori aniqlikka ega bo‘lgan hamda tezkor DNK sekvenatorini yaratishga kirishdi va buning uchun nanoteshikchalar asos qilib olindi. Yangi nanoqurilma DNK molekulasini nanoteshikchalarda joylashishini bir nukleotid aniqligicha nazorat qilish imkoniyatiga ega. Yangi DNK sekvenator odam genomini atigi bir necha soat davomida «o‘qib chiqish» imkonini beradi.Yangi usulni mohiyati DNK molekulaiarini nanoteshikchalar orqali o‘tayotganlarida elektrik potensialini o‘zgarishiga asoslanadi (63-rasm). Hozirgi -vaqtda olimlar, nanosekvenatomi matematik modelini ishlab chiqqanlar. Bu model DNKni alohida nukleotidini aniqlash 97 imkonini beradi. Bundan foydalanish esa, genomni yanada samaraliroq sekvenlash imkonini beradi. DNK - tranzistor ancha uzun bo‘lgan nanoteshikcha bo‘lib, uni yonida yarimo‘tkazgich va dielektrik qo‘shilmalar o'matilgan. Nanoteshikcha ichidagi elektr zaryadlar, alohida (bittalik) elektronlami zaryadlari bilan taqqoslansa bo'ladi. Diametri bir necha nanometrga ega bo‘Igan nanoteshikchalardan DNKni uzun molekulasini o‘tkazsa bo‘ladi (64-rasm). 63-rasm. Nanoteshikchalar asosida yaratilgan D N K - sekvenatorini faoliyat ко 'rsatish sxemasi. 64-rasm. DNK — tranzistorni sxemasi. Nanoteshikcha dielektrik bilan boMingan (A) metalli aloqalar (B)ni saqlaydi. Bunday «qavatlangan» struktura nanoteshikchani ichida mahalliy elektr maydonni yaratishga va u orqali DNKni o‘tish tezligini boshqarishga imkon beradi (C). Elektrodlarga o‘zgaruvchan kuchla- nishni uzatilishi nanoteshikcha ichida DNK molekulalarini juda katta aniqlikda 1 ta nukleotidgacha harakatlanishiga olib keladi. Bunday nanokonstruksiya DNK tarkibidagi har bir nukleotidni aniqlash imko nini beradi. DNK - tranzistorlar uchun nanoteshikchalami mikroelek- tronikaning zamonaviy usullari yordamida katta miqdorda tayyorlash mumkin. DNK - sekvenator va DNK - tranzistorlardan foydalangan nanotexnologiyalar patsient genomini o'rganish imkoniyatini beradi. Bular yordamida genetik kasalliklarni diagnostikasini o‘tkazish va davolash mumkin boMadi. DNKni tezkorlik bilan sekvenlash uskunasini katta miqdorda ishlab chiqarish esa, DNK analizini klinikaning odatdagi tadbirlariga aylantirib qo‘yadi. Bundan tashqari, bu ishlarni har qanday davolash maskanida bajarish mumkin boMadi. Bu esa, zamonaviy meditsinani rivojlanishida juda katta yutuq hisoblanadi. Har qanday odamni o‘zini «shaxsiy genom kartasini» ochishga imkoniyati boMadi. Kasallangan shaxsga uni shaxsiy genetik o'ziga xosligiga qarab, dori- darmon tanlash imkoni tugMladi. DNK ni tezkor va arzon nanosek- venatorlari tufayli «shaxsiy tibbiyot» erasining kirib kelishi tezlashadi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling